Maktab rahbariyati o‘qituvchining darsini tahlil qilishga kirganda, o‘qituvchi ularni sinfdan chiqarib yuborishi mumkinmi? - Ta’lim xabarlari
Maktab rahbariyati o‘qituvchining darsini tahlil qilishga kirganda, o‘qituvchi ularni sinfdan chiqarib yuborishi mumkinmi?

Ta’lim to‘g‘risidagi qonunda maktab rahbariyatining darsni tahlil qilishiga cheklov o‘rnatilmagan.

 

Xalq ta’limi vazirligining 07.12.2019 yil 393-sonli buyrug‘i hamda Xalq ta’limi vazirligining 01.07.2021 yil 206-sonli buyrug‘iga asosan direktorning o‘quvchilarning bilimlari sifatini davlat ta’lim standartlariga mos kelishini, tarbiyaviy ishlar samaradorligini ta’minlash va nazorat qilish, o‘quvchilarning fanlarni o‘zlashtirishini yaxshilash va ularga sifatli ta’lim berish maqsadida maktabni uzluksiz rivojlantirish choralarini ko‘rish lavozim majburiyati belgilangan.

 

O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarining maktabda ta’lim standartlari talablari bajarilishini nazorat qilish, o‘qituvchilarning ilg‘or tajribalarini o‘rganish va umumlashtirishni, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy qilishni tashkil etish majburiyati belgilagan.

 

Ma’naviy-ma’naviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarining lavozim majburiyatlari qatorida ta’lim muassasasida ma’naviy-axloqiy tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish, pedagog xodimlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishda ishtirok etish, yuqori malakali o‘qituvchilarning ilg‘or pedagogik tajribasini o‘rganish, umumlashtirish va ularni ommalashtirish kabilar mavjud.

 

Shuningdek, psixologning o‘quvchilar rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan omillarni aniqlash va turli ko‘rinishdagi psixologik yordam berish, turli yo‘nalish va maqsadlarda psixologik tashxis o‘tkazish, ruhiy, jismoniy va aqliy qobiliyat, moyillik, imkoniyat kabi sifatlarni aniqlash uchun testlar o‘tkazish kabi majburiyati belgilangan.

 

Shunday ekan, rahbariyat sinflarda tekshiruv o‘tkazishi mumkin.

 

Biroq, bu jarayon ta’lim muassasasi pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga ta’lim oluvchilar bilimini to‘g‘ri va xolis baholashiga ta’sir ko‘rsatish bilan ifodalangan tarzda qonunga xilof ravishda aralashish yoki ta’lim muassasasi pedagog xodimining xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilishga olib kelsa, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 197-5-moddasiga muvofiq fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Bunday holat kuzatilganda, tuman IIBga murojaat qilish kerak.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры