Toshkentdagi maktablardan birida Milliy gvardiya uchun pul yig‘ilayotgani aytilmoqda. Vazirlik nima deydi? - Ta’lim xabarlari
Toshkentdagi maktablardan birida Milliy gvardiya uchun pul yig‘ilayotgani aytilmoqda. Vazirlik nima deydi?

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 265-maktabda Milliy gvardiya xodimlariga qo‘riqchiligi uchun ota-onalardan pul yig‘ib olinayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

 

Ma’lum bo‘lishicha, ota-onalar guruhida guruh rahbari shu mazmundagi xat bilan post qoldirgan. Unda, jumladan, avgust oyida katta majlis bo‘lib o‘tgani, majlisda o‘quvchilar xavfsizligini ta’minlab turadigan Milliy gvardiya xodimlariga maktab ma’muriyati va ota-onalar tomonidan homiylik asosida pul to‘lanishiga bir ovozdan kelishib olingani aytiladi.

 

Holat yuzasidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova savollarimizga quyidagicha javob berdi:

 

“Maktablarda o‘quvchi va ularning ota-onalaridan pul yig‘ilishi mumkin emas. Milliy gvardiya xodimlari uchun davlat tomonidan oylik maoshlar beriladi”

 

Vazirlik tomonidan bu holat oʻrganish jarayonida ekanligi hamda batafsil ma’lumot berilishi ma’lum qilindi.

 

Eslatib o‘tamiz, qonunchilikda umumiy o‘rta ta’lim olish bepul ekanligi kafolatlanganini inobatga olib, maktablardagi har qanday majburiy yig‘imlar noqonuniy hisoblanadi.

 

Faqatgina, maktablarga beg‘araz homiylik qilish istagida bo‘lgan fuqarolar buni qonuniy yo‘l bilan, ya’ni homiylik mablag‘larini maktabning hisob raqamiga o‘tkazgan holda rasmiylashtirishlari mumkin.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры