Termiz shahrida 2001-yilda tug‘ilgan talaba ko‘p qavatli uyning 10-qavatidan tushib ketgan. Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Surxondaryo viloyati prokurori katta yordamchisi Alisher Bobomurodovning “Millar” muxbiriga ma’lum qilishicha, 2026-yil 17-noyabr kuni Termiz shahri Bog‘ishamol mahallasidagi ko‘p qavatli uylarning birida talaba 10-qavatdan o‘zini tashlagani haqida xabar kelib tushgan.
Qayd etilishicha, 2001-yilda tug‘ilgan fuqaro oliy ta’lim muassasasining 2-kursida tahsil olgan va ijarada yashab kelgan. U Surxondaryo viloyatining Angor tumanida tug‘ilgan.
Hozirda holat yuzasidan Termiz shahar prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda. O‘lim sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Ekspertiza natijalari va tergov yakunlariga ko‘ra qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.
