Navbatdagi nostrifikatsiya imtihonlari 26-noyabr kuni o‘tkaziladi (ishtirokchilar ro‘yxati)

Navbatdagi nostrifikatsiya imtihonlari 26-noyabr kuni o‘tkaziladi (ishtirokchilar ro‘yxati)

Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari 26-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ro‘yxati e’lon qilindi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 

2026-yilning IV choragida xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha navbatdagi test sinovlari 26-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Mazkur sinovlarda ishtirok etuvchi talabgorlar ro‘yxati e’lon qilindi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 

Test sinovida ishtirok etishi belgilangan talabgorlar ro‘yxati, test topshiradigan fanlar va imtihon hududi bilan quyidagi PDF fayl orqali tanishishlari mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 

⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠
Mazkur ma’lumotlarni my.gov.uz sayti yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali ro‘yxatdan o‘tishda berilgan ariza raqami yordamida aniqlash mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 

⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠
Test topshiradigan talabgorlar imtihon o‘tkaziladigan binoga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda, shaxsini tasdiqlovchi hujjat — pasport yoki ID-karta bilan kelishi lozim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 

26-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan sinovda ishtirok etadiganlar ro‘yxati — Faylni yuklash

 

Xorijiy davlatlarda olingan diplomlarni O‘zbekistonda tan olish tartibi, imtihon topshirish talablari va nostrifikatsiya jarayoni haqida quyidagi havola orqali batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

 

Eslatib o‘tamiz, sinovtest.uz sayti orqali namunaviy testlarni ishlab, nostrifikatsiya imtihoniga tayyorlanish mumkin.