Dunyo bo‘ylab qaysi kasb egalariga ko‘proq ishoniladi? — tadqiqot

Dunyo bo‘ylab qaysi kasb egalariga ko‘proq ishoniladi? — tadqiqot

Ipsos xalqaro tadqiqot kompaniyasi 31 mamlakatda o‘tkazgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, odamlar eng ko‘p shifokorlar, olimlar va o‘qituvchilarga ishonadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Siyosatchilar, ijtimoiy tarmoq inflyuenserlari va reklama sohasi vakillari esa ishonch darajasi eng past kasblar qatoridan joy olgan.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Ipsos kompaniyasi 2026-yilgi Global Trustworthiness Index tadqiqotida respondentlardan turli kasb egalari qanchalik ishonchli deb hisoblanishi haqida so‘rovnoma o‘tkazgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

So‘rovnomada 31 mamlakatda 23 537 nafar 75 yoshgacha bo‘lgan internet foydalanuvchilari ishtirok etgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Natijalarga ko‘ra, quyidagi uchta kasbga eng koʻp ishonch bildiriladi:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

  • Shifokorlar – 58 foiz;
  • Olimlar: – 57 foiz;
  • Oʻqituvchilar – 53 foiz.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

So‘rovnomada qatnashgan 31 mamlakatning 27 tasida aynan shu uch kasb eng ishonchli deb topilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Ishonch darajasi eng past bo‘lgan kasblar orasida siyosatchilar 13 foiz bilan oxirgi o‘rinda qayd etilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Ijtimoiy tarmoq inflyuenserlariga respondentlarning 14 foizi, reklama sohasi rahbarlariga esa 15 foizi ishonishini bildirgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Tadqiqotda ayrim mamlakatlarga xos farqlar ham kuzatilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Masalan, Indoneziya va Janubiy Afrikada politsiya xodimlari, Vengriya va Singapurda esa bankirlar ishonch darajasi eng past bo‘lgan kasblar qatoriga kirgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

2026-yilgi tadqiqotda ilk bor sun’iy intellekt chat-botlari, texnologiya sohasidagi tadbirkorlar va shaxsiy murabbiylar ham alohida baholangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Natijalarga ko‘ra, respondentlarning 23 foizi sun’iy intellekt chat-botlarini ishonchli deb hisoblaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ 40 foizi esa ularga ishonmasligini bildirgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Avvalroq, keyingi o‘n yil davomida sun’iy intellekt (SI) sohasidagi yutuqlar global iqtisodiyotning “aksariyat sohalarida” inson mehnatiga bo‘lgan ehtiyojning sezilarli darajada kamayishiga olib kelishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠