Dekabr oyida geografiya, ona tili va adabiyot, tarix va huquqshunoslik fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari oʻtkaziladi.
Bugun, 21-noyabrdan bir nechta umumtaʼlim fanlari: ona tili va adabiyot, geografiya, tarix va huquqshunoslik fanlaridan navbatdagi milliy sertifikat imtihonida qatnashish uchun my.gov.uz sayti orqali arizalarni qabul qilish boshlandi.
Roʻyxatdan oʻtish 21-noyabrdan 4-dekabrga qadar davom etadi va toʻlov qilishning oxirgi sanasi 5-dekabr etib belgilangan.
Bilim va malakalarni baholash agentligining maʼlum qilishicha, navbatdagi sertifikat imtihonlarida qatnashuvchilar soniga cheklov qoʻyilmagan, yaʼni limit bekor qilingan.
Shu boisdan talabgorlar 4-dekabrgacha roʻyxatdan oʻtishi va 5-dekabrgacha esa toʻlovni amalga oshirishi mumkin.
Muhim! 20-noyabr kuni oktyabrda oʻtkazilgan milliy sertifikat imtihonlari natijalari eʼlon qilindi.
