12-noyabr kuni nostrifikatsiya bo‘yicha navbatdagi test sinovlarida qatnashadigan talabgorlar ro‘yxati e’lon qilindi

12-noyabr kuni nostrifikatsiya bo‘yicha navbatdagi test sinovlarida qatnashadigan talabgorlar ro‘yxati e’lon qilindi

12-noyabr kuni o‘tkaziladigan nostrifikatsiya test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ro‘yxati e’lon qilindi. Talabgorlar o‘zlariga tegishli ma’lumotlar, jumladan, test topshiradigan fan va imtihon hududini PDF fayl orqali tekshirishlari mumkin.

 

Xabaringiz bor, 2026-yilning IV choragida xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha navbatdagi test sinovlari 12-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Mazkur sinovlarda ishtirok etuvchi talabgorlar ro‘yxati e’lon qilindi.

 

Test sinovida ishtirok etishi belgilangan talabgorlar ro‘yxati, test topshiradigan fanlar va imtihon hududi bilan quyidagi PDF fayl orqali tanishishlari mumkin.

 

Mazkur ma’lumotlarni my.gov.uz sayti yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali ro‘yxatdan o‘tishda berilgan ariza raqami yordamida aniqlash mumkin.

 

Test topshiradigan talabgorlar imtihon o‘tkaziladigan binoga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda, shaxsini tasdiqlovchi hujjat — pasport yoki ID-karta bilan kelishi lozim.

 

12-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan sinovda ishtirok etadiganlar ro‘yxati — Faylni yuklash

 

Eslatib o‘tamiz, nostrifikatsiya imtihoniga tayyorlanish uchun Sinovtest.uz  platformasiga namunaviy testlar joylashtirilgan. Buning uchun platformada roʻyxatdan oʻtish va nostrifikatsiya boʻlimidan kerakli fanni tanlash kifoya hisoblanadi.