Musiqa o‘qituvchilari malaka imtihonida qatnashish uchun 10-noyabrga qadar ro‘yxatdan o‘tishi kerak

Musiqa o‘qituvchilari malaka imtihonida qatnashish uchun 10-noyabrga qadar ro‘yxatdan o‘tishi kerak

Musiqa madaniyati fani o‘qituvchilari malaka imtihonida ishtirok etish uchun ertaga, 10-noyabrga qadar (shu kuni ham) ro‘yxatdan o‘tishlari lozim. Test sinovlarining birinchi bosqichi 30-noyabr kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-oktabrdagi 652-son qaroriga muvofiq musiqa madaniyati fani o‘qituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlash bo‘yicha milliy baholash tizimi joriy etilgan.

 

Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan 2026-yil 30-noyabr kuni musiqa madaniyati fanidan malaka imtihonining birinchi bosqichi — test sinovlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.

 

Talabgorlar imtihonda ishtirok etish uchun ertaga, 10-noyabrga qadar (shu kuni ham) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali ro‘yxatdan o‘tishlari kerak.

 

Test sinovlari uchun 180 daqiqa vaqt ajratiladi. Natijalar xalqaro baholash metodikasi — Rash modeli asosida hisoblanadi.

 

Test topshiriqlari musiqa nazariyasi, musiqa tarixi, musiqa o‘qitish metodikasi hamda o‘zbek xalq musiqa ijodi bo‘limlarini qamrab oladi. Imtihonda bitta to‘g‘ri javobni tanlash, moslashtirish hamda qisqa javob yozishni talab qiladigan test topshiriqlari beriladi.

 

Talabgorlar test varianti tafsilotlari, test topshiriqlari formatlari kabi ma’lumotlar bilan ushbu havola orqali tanishishlari mumkin.