Fransiyada o‘quvchilar ketayotgan avtobus halokatga uchradi

Fransiyada o‘quvchilar ketayotgan avtobus halokatga uchradi

Fransiyaning sharqiy qismida o‘quvchilar bo‘lgan avtobus yo‘ldan chiqib ketib, daraxtga urildi. Hodisa oqibatida bir nechta kishi jabrlangan, ikki nafar yo‘lovchning yurak faoliyati to‘xtab qolgani xabar qilinmoqda.

 

6-noyabr, juma kuni ertalab Fransiyaning sharqidagi Lent shaharchasida o‘quvchilar bo‘lgan avtobus avariyaga uchradi. Hodisa Lion shahridan shimoli-sharqda, Shveysariya chegarasidan taxminan 55 kilometr uzoqlikda sodir bo‘lgan.

 

Shahar meri Yves Cristinning Fransiya OAVlariga ma’lum qilishicha, avtobus yo‘ldan chiqib ketgan va yo‘l chetidagi ariqdagi daraxtga urilgan.

 

Ain departamenti prefekturasi va Fransiya ta’lim vaziri Edouard Geffray hodisa oqibatida bir nechta jabrlanuvchi borligini bildirgan. Vazirning ta’kidlashicha, avariyaga uchragan avtobusda o‘quvchilar bo‘lgan.

 

“Ushbu baxtsiz hodisaga uchragan o‘quvchilar haqida qayg‘urmoqdaman. Bolalarimiz shunday baxtsiz hodisalarning qurboniga aylanganda, bu har doim juda og‘ir”, — dedi Edouard Geffray jurnalistlarga.

 

Fransiya transport vaziri Philippe Tabarot ham hodisa joyiga yo‘l olganini ma’lum qilgan.

 

Voqea joyiga favqulodda xizmatlar yetib kelgan. Og‘ir tan jarohati olgan jabrlanuvchilarni ixtisoslashtirilgan shifoxonaga yetkazish uchun vertolyot ham jalb qilingan.

 

Shahar meri ma’lumotiga ko‘ra, ikki kishining yurak faoliyati to‘xtab qolgan.

 

Avariya mahalliy vaqt bilan taxminan soat 07:00 da (Toshkent vaqti bilan 11:00) sodir bo‘lgan.

 

Avvalroq, Fransiya hukumati talabalar namoyishidan so‘ng ta’lim tizimini o‘zgartirishini ma’lum qilgani haqida xabar bergan edik.