Samarqandda pora evaziga ishga kiritishni va’da qilgan maktab direktori ushlandi

Samarqandda pora evaziga ishga kiritishni va’da qilgan maktab direktori ushlandi

Samarqand shahridagi umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori fuqaroni o‘qituvchi lavozimiga ishga qabul qilish evaziga 400 AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

 

Tadbir davomida maktab direktori N.A. fuqaro Q.M.ni o‘qituvchi lavozimiga ishga qabul qilishi evaziga 400 AQSh dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida ham shunga o‘xshash holat kuzatilgan edi. O‘shanda maktab direktori fuqaroni ingliz tili fani o‘qituvchisi sifatida ishga qabul qilish evaziga 600 AQSh dollari olgan vaqtida ushlangan.