4-noyabr kuni boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun malaka sinovlari bo‘lib o‘tdi. Bugungi imtihonlarda ham bir qator pedagoglar yuqori natijalarni qayd etdi.
Xabaringiz bor, joriy yilning 2-noyabr kunidan boshlab boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun attestatsiya sinovlari boshlandi. Bugun malaka sinovlarining ikkinchi kuni bo‘lib, imtihonlar 7-noyabrga qadar 6 kun davom etadi.
Quyida bugungi sinovlarda yuqori natijalarni qayd etgan o‘qituvchilar ro‘yxati bilan tanishing:
- Surxondaryo viloyati, Qumqoʻrgʻon tumanidagi 35-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi o‘qituvchisi Aliyarova Gulnoza – 100 ball;
- Toshkent shahri Uchtepa tumani 14-sonli ixtisoslashtirilgan maktab pedagogi Tolipova Nazira – 98 ball;
- Sirdaryo viloyati, Sardoba tumani 6-sonli maktab oʻqituvchisi Karshiboyeva Dilnoza Xudoynazarovna – 96 ball;
- Fargʻona shahridagi 26-maktab oʻqituvchisi Maftunaxon Akbarova – 96 ball;
- Xorazm viloyati, Yangibozor tumani 25-maktab o‘qituvchisi Eshimmetova Ma’mura – 96 ball;
- Xorazm viloyati, Xiva tumani 36-maktab o‘qituvchisi Saloyeva Farida – 96 ball;
- Xorazm viloyati, Xiva tumani 41-maktab o‘qituvchisi Sotimboyeva Maftuna – 96 ball;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xo‘jayli tumani 1-maktab o‘qituvchisi Muyassar O‘razbaeva – 96 ball;
- Sirdaryo viloyati, Guliston shahar 19-sonli maktab oʻqituvchisi Navruzova Umida – 94 ball;
- Sirdaryo viloyati, Sardoba tumani 15-sonli maktabning boshlangʻich taʼlim oʻqituvchisi Lapasova Shohida Qahramanovna – 94 ball;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toʻrtkoʻl tumani 29-maktab oʻqituvchisi Dildora Ruzumbetova – 94 ball;
- Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumani 22-sonli maktab oʻqituvchisi Xaydarova Nasiba Ibrahimovna – 92 ball;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Beruniy tumani 54 -sonli maktab o‘qituvchisi Lolaxan Esenova – 92 ball;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Ellikqal’a tumani 12-sonli maktab o‘qituvchisi Zebo Yusupbaeva – 92 ball;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Ellikqal’a tumani 45-sonli maktab o‘qituvchisi Gúlmira Sadullaeva – 92 ball;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Ellikqal’a tumani 25-sonli maktab o‘qituvchisi Munisa Aytbaeva – 92 ball;
- Xorazm viloyati, Xiva tumani 1-maktab o‘qituvchisi Bekchanova Dilnura – 92 ball;
- Qashqadaryo viloyati, Muborak tumani 1-maktab o‘qituvchisi Umidova Almira – 90 ball;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xo‘jayli tumani 15-sonli maktab o‘qituvchisi Qosbaǵambetova Qaliya – 90 ball;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Ellikqal’a tumani 56-sonli maktab o‘qituvchisi Rustamova Laylo – 90 ball;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Beruniy tumani 49-sonli maktab o‘qituvchisi Barchinoy Bektemirova – 90 ball;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Ellikqal’a tumani 43-sonli maktab o‘qituvchisi Oygul Yakupbaeva – 90 ball;
- Xorazm viloyati, Yangibozor tumani 28-maktab o‘qituvchisi Norbayeva Tuymajon – 90 ball;
- Xorazm viloyati, Yangibozor tumani 6-maktab o‘qituvchisi Bo‘ronova Nargiza – 90 ball;
- Sirdaryo viloyati, Sayxunobod tumani 14-sonli maktab oʻqituvchisi Nazarova Saqdoqat Mirzaboy qizi – 88 ball;
- Xorazm viloyati, Yangibozor tumani 6-maktab o‘qituvchisi Saparbayeva Nilufar – 88 ball;
- Xorazm viloyati, Yangibozor tumani 32-maktab o‘qituvchisi Raximova Yodgora – 88 ball;
- Xorazm viloyati, Xiva tumani 14-maktab o‘qituvchisi Tillayeva Zuhra – 88 ball;
- Xorazm viloyati, Yangibozor tumani 33-maktab o‘qituvchisi Saparbayeva Dilnoza – 88 ball;
- Xorazm viloyati, Yangibozor tumani 33-maktab o‘qituvchisi Ischanova Munira – 86 ball;
- Xorazm viloyati, Yangibozor tumani 9-maktab o‘qituvchisi Shomurodova Nodira – 86 ball;
- Xorazm viloyati, Yangibozor tumani 5-maktab o‘qituvchisi Abdullayeva Dilnura – 86 ball;
- Xorazm viloyati, Xiva tumani 1-maktab o‘qituvchisi Sadullayeva Navbahor – 86 ball;
- Farg‘ona viloyati, Quva tumanidagi 5-sonli umumtaʼlim maktabi o‘qituvchisi Sobirova Xurshida – 86 ballni qo‘lga kiritdi.
Boshlang‘ich ta’lim fani o‘qituvchilaridan so‘ng, 9–10-noyabr kunlari matematika fani o‘qituvchilari uchun attestatsiya sinovlari o‘tkaziladi. Ushbu sinovlarda ishtirok etadigan pedagoglar ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.
Eslatib o‘tamiz, pedagoglar attestatsiya testini yakunlagach, pedagog.uzedu.uz platformasi orqali natijalar bo‘limidan savollar qaysi mavzularga oid ekanini ko‘rishi mumkin. Bu imkoniyat qo‘shimcha tayyorgarlik talab etiladigan yo‘nalishlarni aniqlashga yordam beradi.
Shuningdek, sinovtest.uz saytida pedagoglar uchun fan spetsifikatsiyasi asosida tuzilgan namunaviy testlar jamlangan. Testlar bazasi muntazam ravishda yangi savollar bilan to‘ldirib boriladi.
