Talabalar kontrakt to‘lovini 1-noyabrga qadar amalga oshirishi kerak

Talabalar kontrakt to‘lovini 1-noyabrga qadar amalga oshirishi kerak

2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarida kontrakt to‘lovlarini amalga oshirish va talabalar safiga qabulni rasmiylashtirish uchun qo‘shimcha muddat berilgan. 1-noyabrga qadar bazaviy kontraktning kamida 25 foizi, tabaqalashtirilgan kontraktning esa kamida 50 foizi to‘lanishi lozim.

 

Taʼlim va ilm-fan vazirligi tomonidan 16-oktyabr kuni talabalarga kontraktni to‘lash uchun yana qoʻshimcha muddat berilgan edi.

 

Bunda 2026-2027-oʻquv yili uchun kontraktni toʻlash va abituriyentlarni talabalar safiga qabul qilish muddati 1-noyabrga qadar uzaytirilgan.

 

Mazkur muddat bakalavriat va magistraturaga oʻqishga tavsiya etilgan abituriyentlar, oʻqishi koʻchirilgan yoki koʻchirib tiklangan hamda oʻqishga qayta tiklangan talabalarga taalluqli hisoblanadi.

 

Belgilangan muddatga qadar bazaviy toʻlov-kontrakt boʻyicha yillik qiymatning kamida 25 foizi, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt boʻyicha esa kamida 50 foizi toʻlanishi lozim.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ayrim toifadagi pedagoglar farzandlarining OTM kontrakti uchun foizsiz taʼlim krediti berilisjhi haqida xabar bergan edik.