Boshlangʻich sinflarda tabiiy (Science) fan, Informatika va axborot texnologiyalari hamda Tarbiya fanlaridan kimlar dars berishlari mumkin?
Maktabgacha va maktab ta’lim vazirining buyrug‘iga ko‘ra, “Boshlangʻich taʼlim” oʻqituvchilari boshlangʻich sinflarda “Tabiiy fan(Science)”, “Tarbiya” va “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlari boʻyicha dars berishlari mumkin.
Shuningdek, “Geografiya”, “Biologiya” va “Fizika” fanlari oʻqituvchilari 5-6-sinflarda“Tabiiy fan (Science)” fanida, “Tarix”, “Milliy istiqlol gʻoyasi va huquq” mutaxassisligiga ega oʻqituvchilar5-11-sinflarda “Tarbiya” fani boʻyicha dars oʻtishlariga ruxsat berilgan.
Ularning malaka toifalari qanday belgilanadi?
Vazir buyrug‘ida keltirilishicha, “Tabiiy fan (Science)”dan dars beradigan “Boshlangʻich taʼlim”,“Geografiya”, “Biologiya” va “Fizika” fanlari oʻqituvchilariga amaldagi malakatoifasiga mos ravishda hamda 5-11-sinflarda “Tarbiya” fanidan dars beradigan “Tarix”, “Milliy istiqlolgʻoyasi va huquq” mutaxassisligiga ega oʻqituvchilarga “Tarbiya” fanidan malakatoifasi boʻlmagan hollarda amaldagi malaka toifasiga mos ravishda haq toʻlanishi belgilangan.
Bunda, “Tarbiya” fanidan dars oʻtish huquqiga ega boʻlgan oʻqituvchilarda bir vaqtning oʻzida “Tarbiya” hamda tegishli fanlardan malaka toifalari boʻlsa, bunda“Tarbiya” fanidan dars berganda faqatgina ushbu fan boʻyicha malaka toifasi tatbiq etiladi va mos ravishda haq toʻlanadi.