Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining ta’lim muassasalarida bevosita bolalarga ta’lim yoki tarbiya berish bilan shug‘ullanuvchi pedagoglar va boshqa xodimlarni bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari bo‘yicha qo‘shma xatida joriy yilgi ko‘riklar uchun 71,4 mlrd so‘m ajratilgani ma’lum qilindi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasining “Pedagog maqomi to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan pedagog xodimlarga davlat sog‘liqni saqlash muassasalarida bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tish (davlat ta’lim muassasalari va tashkilotlari uchun) huquqi berilgan bo‘lib, ushbu Qonunning 7-moddasida pedagog xodimlarning majburiyatlaridan biri majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘z vaqtida o‘tishi shart etib belgilangan.