Pedagogik ta’limni rivojlantirish bo‘yicha vazir o‘rinbosari lavozimi tugatildi

Pedagogik ta’limni rivojlantirish bo‘yicha vazir o‘rinbosari lavozimi tugatildi

O‘zbekiston Prezidentining yangi qarori bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirning pedagogik ta’limni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi tugatildi. Bungacha ushbu lavozimda Umarova Hilola Uktamovna ishlab kelayotgan edi.

 

‘‘Ayrim davlat oliy ta’lim muassasalarining boshqaruv tizimini yangidan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida’’gi Prezident qarori qabul qilindi.

 

Qaror bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi markaziy apparati tuzilmasida vazirning pedagogik ta’limni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi tugatildi.

 

Ushbu lavozim Prezidentning o‘tgan yili aprel oyidagi ‘‘Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida’’gi qarori bilan joriy etilgan edi.

 

Ushbu lavozimga tayinlanganlar bir vaqtning o‘zida Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti rektori vazifasini ham bajarar edi.

 

Lavozimga amaldagi vazir Eʻzoza Karimova 2025-yil may oyida tayinlangan bo‘lsa, 2026-yil 17-fevralda sobiq vazir Hilola Umarova tayinlangan edi.

 

Shuningdek, kechagi qaror bilan O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Nizomiy Ganjaviy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti deb qayta nomlandi.

 

Bundan tashqari, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi 17 ta oliy ta’lim muassasasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimiga o‘tkazildi.