Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universitetiga rektor tayinlandi

Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universitetiga rektor tayinlandi

Prezidentning tegishli qarori bilan Karimova Eʻzoza Gapirjanovna Maktabgacha va maktab taʻlimi vaziri oʻrinbosari — Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti rektori lavozimiga tayinlandi.

 

U bunga qadar Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi vazifasida ishlab kelayotgan edi.

 

E’zoza Karimova koʻp  yillar turli taʼlim maskanlarida mehnat qilib kelgan. U 2021-2021-yillarda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi boʻlimi boshligʻi, 2021-2023-yillarda Prezident taʼlim muassasalari agentligi direktori maslahatchisi lavozimlarida ishlagan.

 

2023-2024-yillarda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi “Yangi Oʻzbekiston” universitetining yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektori vazifasida ish olib bordi.