Mehnat ta’tilidan chaqirib olingan xodimlarga ta’tilning qolgan kunlari uchun haq toʻlanadimi?

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mehnat taʼtilidan chaqirib olingan xodimlarga foydalanmagan mehnat taʼtili kunlari uchun ishlagan davriga ish haqi toʻlovlarini toʻlab berish boʻyicha Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi hamda hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalariga ko‘rsatma xati yubordi.

 

 

Unda keltirilishicha, Adliya vazirligidan 2018-yil 17-martda 2985-son bilan roʻyxatga olingan yoʻriqnomaning 21-bandida xodim taʼtildan chaqirib olinsa va taʼtilning qolgan qismi boshqa muddatga koʻchirilsa, taʼtilning koʻchirilgan kunlariga toʻgʻri keladigan toʻlangan oʻrtacha ish haqi summasi bajarilgan ish yoki ishlangan vaqt uchun oylik ish haqi hisobiga yoziladi.

 

Shuningdek, taʼtilning foydalanilmagan qismi kunlariga haq toʻlash uchun oʻrtacha ish haqi belgilangan tartibda hisoblab chiqiladi

 

Shu bilan birga, Mehat kodeksi 232-moddasiga muvofiq har yilgi mehnat ta’tilidan chaqirib olishga ta’tilning istalgan vaqtida faqat xodimning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi. Shu munosabat bilan ta’tilning foydalanilmay qolgan qismi xodimga mazkur ish yili davomida boshqa vaqtda berilishi yoki ushbu Kodeksning 230- va 231-moddalarida nazarda tutilgan talablarga rioya etilgan holda keyingi ish yilida berilishi kerakligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, mehnat taʼtilidan chaqirib olingan xodimlarga foydalanmagan mehnat taʼtili kunlari uchun toʻlangan mehnat taʼtili pullarini xodim ishlagan davri uchun hisoblangan ish haqi summasi bilan qayta hisob-kitob qilgan holda toʻlovlarni amalga oshirishingiz hamda ta’tilning foydalanilmay qolgan qismini mazkur ish yili davomida boshqa vaqtda berilishini yoki keyingi ish yilida berilishini nazoratga olishingiz soʻraladi – deyilgan vazirlik xatida

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры