Nufuzli xalqaro shaxmat musobaqalari g’olib va sovrindorlariga beriladigan pul mukofotlari miqdorlari oshirildi. Endi g’oliblar 200 ming dollargacha mukofot puli bilan taqdirlanadi.
“Nufuzli xalqaro shaxmat musobaqalari gʻoliblari va sovrindorlari hamda ularning trenerlarini munosib ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko’ra, nufuzli xalqaro musobaqalar g’oliblariga beriladigan pul mukofotlari miqdori quyidagicha bo’ladi:
Butunjahon shaxmat olimpiadasi va paralimpiadasi (kattalar):
oltin — 200 ming AQSh dollari (bungacha BHMning 2 ming baravari – 880 mln so’m edi);
kumush — 100 ming dollar (bungacha BHMning 1 ming baravari – 440 mln so’m edi);
bronza — 50 ming dollar (bungacha BHMning 500 baravari – 220 mln so’m edi).
Butunjahon shaxmat olimpiadasi va paralimpiadasi (yoshlar):
oltin — 20 ming dollar;
kumush — 10 ming dollar;
bronza — 5 ming dollar.
FIDE tasnifiga ko’ra jahon miqyosidagi musobaqalar:
oltin – 15 ming dollar (bungacha BHMning 300 baravari – 132 mln so’m edi);
kumush – 7,5 ming dollar (bungacha BHMning 150 baravari – 66 mln so’m edi);
bronza – 3 ming 750 dollar (bungacha BHMning 75 baravari – 33 mln so’m edi).
FIDE tasnifiga ko’ra Osiyo miqyosidagi musobaqalar:
oltin – 10 ming dollar (bungacha BHMning 70 baravari – 30 mln 800 ming so’m edi);
kumush – 5 ming dollar (bungacha BHMning 35 baravari – 15 mln 400 ming so’m edi);
bronza – 2,5 ming dollar (bungacha BHMning 17,5 baravari – 7 mln 700 ming so’m edi).
Xalqaro grossmeyster unvonini olganlarga — 5 ming dollar (bungacha BHMning 100 baravari – 44 mln so’m edi).
Bundan tashqari, Prezident qarori bilan Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari gʻoliblari hamda sovrindorlari va ularning trenerlariga beriladigan bir martalik pul mukofoti miqdorlari ham oshirildi.

