Namanganda oʻquvchilarga nisbatan talonchilik qilgan texnikum oʻquvchilari aniqlandi

Namanganda oʻquvchilarga nisbatan talonchilik qilgan texnikum oʻquvchilari aniqlandi

Namanganda 7 nafar texnikum oʻquvchisi 4 nafar boshqa oʻquvchilarga zoʻrlik qilib, ularning pul, soat va telefonlarini olib qoʻyishgani aniqlandi.

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan shahrida bir guruh yigitlar boshqa yigitlarning buyumlarini zoʻrlik ishlatib olib qoʻygan holat aks etgan video tarqaldi.

 

Mazkur holat Namangan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan oʻrganildi. Maʼlum qilinishicha, 19-sentabr kuni Namangan shahrining “Dashtbogʻ” mahallasi hududida 2-sonli kasb-hunar texnikumining 1-bosqichida tahsil oluvchi 7 nafar oʻquvchi shu texnikumning 4 nafar 1-bosqich oʻquvchisining yonidagi pul, soat va telefonlarini zoʻrlik ishlatish yoʻli bilan olib qoʻygan.

 

Tergovga qadar oʻtkazilgan tekshiruv davomida videotasvirda aks etgan barcha ishtirokchilarning shaxsiga aniqlik kiritilgan va mazkur holat natijasida biror-bir shaxsga tan jarohati yetkazilmaganligi aniqlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan Namangan shahar IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.