Bilim va malakalarni baholash agentligi faoliyatiga oid yangi nizom tasdiqlandi

Bilim va malakalarni baholash agentligi faoliyatiga oid yangi nizom tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-sentabrdagi 498-sonli qarori bilan Bilim va malakalarni baholash agentligi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Ushbu nizom Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaror ijrosini taʼminlash maqsadida qabul qilingan.

 

Nizomda quyidagi asosiy masalalar belgilab berilgan:

 

–  agentlik faoliyatini tashkil etish;
–  agentlikning huquq va majburiyatlari;
–  agentlik va uning markaziy apparatining vazifalari hamda funksiyalari;
–  agentlik faoliyati samaradorligini baholash mezonlari.

 

Shuningdek, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga tegishli vazirlik hamda idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirish vazifasi yuklatilgan.

 

Batafsil keyingi maqolalarda