Sun’iy intellekt ta’lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilarga yordam beradigan qulay vositalardan biriga aylanib bormoqda. O‘zbekistonda ham ta’limga yo‘naltirilgan AI xizmatlari soni ortmoqda. Shulardan biri — o‘qituvchilar, talabalar va o‘quvchilar uchun ishlab chiqilgan Muallim GPT platformasidir.
Platforma Telegram bot va muallimgpt.uz veb-ilovasi orqali ishlaydi. Unda hujjat tayyorlash, test tuzish, matematik masalalarni yechish, tarjima qilish, prezentatsiya yaratish hamda fayllar bilan ishlash kabi xizmatlar jamlangan.
10 mingdan ortiq foydalanuvchi
Muallim GPT ma’lumotlariga ko‘ra, platformada 10 318 nafar foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgan. Foydalanuvchilardan jami 196 ta fikr-mulohaza kelib tushgan. Ularning 121 tasi 4–5 yulduzli, 108 tasi esa to‘liq 5 yulduzli baholardan iborat.
O‘qituvchilar uchun qanday imkoniyatlar bor?
Muallim GPT’da o‘qituvchilarning kundalik ishlarida foydalanishi mumkin bo‘lgan bir nechta AI vositalari mavjud.
AI Chat xizmati orqali foydalanuvchilar turli savollarga javob olishi, shuningdek, rasm yoki hujjat yuborib ular bilan ishlashi mumkin. Xizmat bepul taqdim etiladi.
Hujjat yordamchisi esa ilmiy maqola, esse, dars ishlanmasi va turli topshiriqlarni tayyorlashga yordam beradi. Tayyorlangan materialni Word fayli ko‘rinishida olish mumkin.
Prezentatsiya tayyorlash xizmati orqali standart formatda 13–18 slayd, premium formatda esa 25–40 slayddan iborat taqdimotlar yaratish mumkin. Prezentatsiyalarga mavzuga mos rasmlar ham qo‘shiladi.
O‘qituvchilar uchun yana bir muhim imkoniyat — AI test yaratish xizmati. U orqali o‘quvchilar uchun avtomatik testlar tuzish va ularni Word yoki PDF formatida olish mumkin. Guruhli test funksiyasi esa havola orqali test ishlash va natijalarni reyting ko‘rinishida ko‘rish imkonini beradi.
Masaladan tortib tarjimagacha
Platformada matematik masalalarni matn, rasm yoki PDF orqali yuborib, ularning bosqichma-bosqich yechimini olish imkoniyati ham mavjud.
AI tarjimon 10 ta tilda ishlaydi. Bundan tashqari, o‘zbek tilidagi matnlarni lotin va kirill yozuvlari o‘rtasida o‘girish uchun alohida xizmat mavjud.
Platformada matnning sun’iy intellekt tomonidan yaratilganini aniqlashga mo‘ljallangan AI Detector, shuningdek, matnni tabiiyroq ko‘rinishga keltirish uchun AI Humanizer xizmatlari ham taqdim etilgan.
Fayl va rasm bilan ishlash
Muallim GPT ta’limga oid hujjatlar bilan bir qatorda fayllar ustida ishlash imkoniyatlarini ham taklif qiladi.
Foydalanuvchilar PDF fayllarni Word formatiga o‘tkazishi, rasmlardan PDF yaratishi va boshqa formatlar bilan ishlashi mumkin.
Rasm xizmatlari orqali esa sun’iy intellekt yordamida rasm yaratish, mavjud rasmni tahrirlash, fonni almashtirish hamda hujjatlar uchun 3×4 yoki 4×6 formatdagi suratlar tayyorlash mumkin.
Shuningdek, YouTube videolaridagi nutqni matnga aylantirish uchun YouTube transkript xizmati mavjud.
Murakkabroq yoki standart xizmatlar orqali hal qilib bo‘lmaydigan vazifalar uchun foydalanuvchi platformadagi shaxsiy buyurtma xizmati orqali administrator bilan bevosita bog‘lanishi mumkin.
Qanday foydalaniladi?
Muallim GPT’dan foydalanish uchun Telegram’dagi @muallim_gpt_bot botiga kirish yoki veb-ilovadan foydalanish mumkin.
Foydalanuvchi kerakli xizmatni tanlaydi, topshiriq uchun ma’lumotlarni kiritadi va natijani oladi. Hujjat va boshqa materiallar tayyor bo‘lgach, ular Telegram orqali fayl ko‘rinishida yuboriladi.
Platformada xizmatlar uchun Click yoki karta orqali to‘lov qilish imkoniyati mavjud. Shuningdek, ball tizimi ham ishlaydi: foydalanuvchilar do‘stlarini taklif qilish orqali qo‘shimcha bepul ball olishlari mumkin.
Muallim GPT o‘zini o‘qituvchilar, talabalar va o‘quvchilar uchun turli AI vositalarini bir joyda jamlagan yordamchi sifatida taqdim etmoqda. Platformadagi ayrim xizmatlarning bepul ekani esa undan ta’lim jarayonida sun’iy intellekt imkoniyatlarini sinab ko‘rish uchun foydalanishni osonlashtiradi.
