Talabalar turar joylari: yangi o‘quv yiliga 8 mingdan ortiq qo‘shimcha o‘rin yaratilmoqda

Talabalar turar joylari: yangi o‘quv yiliga 8 mingdan ortiq qo‘shimcha o‘rin yaratilmoqda

Yangi o‘quv yili arafasida talabalarni turar joy bilan ta’minlash bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda. 2026/2027-o‘quv yilida 17 ta oliy ta’lim tashkilotida 8 332 o‘rinli yangi talabalar turar joylari foydalanishga topshiriladi.

 

Bugun, 22-avgust kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan talabalarni turar joy bilan ta’minlashga bag‘ishlangan press-tur tashkil etildi.

 

Talabalar turar joylari: yangi o‘quv yiliga 8 mingdan ortiq qo‘shimcha o‘rin yaratilmoqda

 

Unda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetidagi talabalar turar joylari, ulardagi sharoitlar va yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishildi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2026/2027-o‘quv yilida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga 209,1 ming nafar abituriyent talabalikka tavsiya etilgan.

 

Talabalar turar joylari: yangi o‘quv yiliga 8 mingdan ortiq qo‘shimcha o‘rin yaratilmoqda

 

Toshkent shahridagi OTMlarga tavsiya etilgan 65 876 nafar abituriyentning 56 457 nafari boshqa hududlardan kelib tahsil oladi.

 

Bugungi kunda davlat OTMlarida 394 ta talabalar turar joyi mavjud bo‘lib, ularda 160 985 nafardan ortiq talabani joylashtirish imkoniyati bor. Yotoqxonalar bilan qamrov darajasi esa 2017-yildagi 28 foizdan 2026-yilda 58 foizga yetgan.

 

Talabalar turar joylari: yangi o‘quv yiliga 8 mingdan ortiq qo‘shimcha o‘rin yaratilmoqda

 

Yangi o‘quv yilida talabalar turar joylariga 161 ming nafarga yaqin talaba joylashtirilishi rejalashtirilgan. Shundan 52 ming nafari Toshkent shahridagi yotoqxonalarga joylashtiriladi.

 

Bundan tashqari, 17 ta OTMda yangi talabalar turar joylarining foydalanishga topshirilishi hisobiga 8 332 ta qo‘shimcha o‘rin yaratiladi.

 

Talabalar turar joylari: yangi o‘quv yiliga 8 mingdan ortiq qo‘shimcha o‘rin yaratilmoqda

 

Talabalar turar joyiga joylashish uchun Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz orqali elektron ariza topshirish mumkin. Joylashtirishda Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, nogironligi bo‘lgan, yetim hamda Ijtimoiy himoya reyestriga kiritilgan talabalarga ustuvorlik beriladi.

 

Yangi o‘quv yilida talabalarni yotoqxonalarga joylashtirish 25-avgustdan boshlanadi. Shu bilan birga, yotoqxona bilan qamrab olinmagan talabalar uchun ijara mexanizmlaridan ham foydalaniladi.

 

Talabalar turar joylari: yangi o‘quv yiliga 8 mingdan ortiq qo‘shimcha o‘rin yaratilmoqda

 

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 124 758 nafar talabaning ijara xonadonlarida yashash ehtiyoji mavjud. Ijarada yashaydigan talabalarga Toshkent shahrida 1 BHMgacha (440 ming so‘mgacha), boshqa hududlarda esa 0,5 BHMgacha (220 ming so‘mgacha) kompensatsiya to‘lanadi.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish