Texnikum o‘quvchilaridan xalqaro standart asosida kadr tayyorlaydigan tadbirkorlar kamroq soliq to‘laydi

Texnikum o‘quvchilaridan xalqaro standart asosida kadr tayyorlaydigan tadbirkorlar kamroq soliq to‘laydi

O‘zbekistonda yoshlarni zamonaviy mehnat bozori talablariga mos kasblarga o‘qitish tizimi kengaytiriladi. Urganchda Germaniya va Xitoy tajribasi asosida yo‘lga qo‘yilgan 10 turdagi kasbga yo‘naltirish amaliyoti barcha hududlarda joriy etilishi rejalashtirilmoqda.

 

Bugun, 18-avgust kuni Xivada Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi.

 

Tadbirda ta’kidlanishicha, endi mahalliy korxonalarni kapital bozoriga olib chiqish uchun nufuzli investitsiya banklari bilan akseleratsiya dasturi yo‘lga qo‘yiladi. Har yili daromadi 1 trillion so‘mdan yuqori bo‘lgan 50 ta korxona tanlab olinadi.

 

Ularni IPOga tayyorlash, hisobotlarini xalqaro standartlarga moslashtirish xarajatining yarmi qoplanadi. Bu xususiy korxonalarga chetdan yiliga kamida 1 milliard dollar jalb qilish imkonini beradi.

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev har yili 50 milliard dollarlik yuqori texnologik investitsiya loyihalari amalga oshirilayotganini qayd etib, ularda kadr tayyorlash komponenti bo‘lishi shartligini taʼkidladi.

 

Har bir loyihaning samarasi faqat texnologiyaga emas, uni ishlata oladigan malakali kadrlarga bog‘liq, – dedi davlatimiz rahbari.

 

Urganchda Germaniya va Xitoy tajribasi asosida o‘quvchilarni “yashil” energetika, qurilish, hamshiralik, agronomlik, elektrotexnika kabi 10 turdagi kasbga yo‘naltirish tizimi yo‘lga qo‘yildi. Ushbu tajriba respublikaning barcha hududlariga tatbiq etiladi.

 

Shuningdek, texnikum tashkil qiladigan yoki davlat texnikumini olib xalqaro standart asosida kadr tayyorlaydigan tadbirkorlarning xarajatlari solig‘idan chegirib beriladi. Shu tizim orqali 1 million yoshni zamonaviy kasblarga o‘rgatib, yuqori daromadli ishlarga joylashtirish maqsad qilingan.

 

Avvalroq, Xivada Lyaonin pedagogika universitetining O‘zbekistondagi filiali ochilgani hamda Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu OTMga tashrif buyurgani haqida xabar bergan edik.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish