Xorazmda pora olgan maktab direktoriga 3 yil qamoq jazosi tayinlandi

Xorazmda pora olgan maktab direktoriga 3 yil qamoq jazosi tayinlandi

Xorazm viloyatida maktab direktori oʻqituvchi va direktor oʻrinbosari lavozimlariga ishga qabul qilish evaziga 14 mln soʻm pora talab qilganlikda aybdor deb topilgan. Sud unga 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish hamda 2 yil davomida davlat ishtirokidagi korxona, muassasa va tashkilotlarda moddiy javobgar va mansabdor lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilish jazosi tayinlagan.

 

Xorazm viloyati sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati apellyatsiya instansiyasining 2026-yil 5-avgustdagi ajrimida mazkur jinoyat ishi koʻrib chiqilgan.

 

Sud hujjatiga koʻra, direktor Xonqa tumanidagi maktablardan birida ishlab kelgan. U lavozim vakolatidan foydalanib, maktabga fuqarolarni ishga qabul qilish va lavozimidan ozod etish imkoniyatiga ega boʻlgan.

 

Maktab direktori fuqaroni dastlab fizika fani oʻqituvchisi, keyinchalik esa maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari sifatida ishga qabul qilish evaziga 14 mln soʻm pul talab qilgan.

 

Direktor mazkur pulni olayotgan vaqtida Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Xorazm viloyat boshqarmasi hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Sud hukmiga koʻra, unga 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

 

Shuningdek, direktor 2 yil davomida davlat ishtirokidagi korxona, muassasa va tashkilotlarda moddiy javobgar hamda mansabdor lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilingan.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish