Maktabgacha va maktab ta’limi korrupsiya eng ko‘p qayd etilgan sohalar qatoridan joy oldi

Maktabgacha va maktab ta’limi korrupsiya eng ko‘p qayd etilgan sohalar qatoridan joy oldi

Maktabgacha va maktab ta’limi korrupsiyaga oid jinoyatlar eng ko‘p qayd etilgan sohalar qatoridan joy oldi. 2025-yilda O‘zbekistonda korrupsiyaga oid jinoyatlar bo‘yicha 7 517 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan, davlat manfaatlariga esa 2,9 trln so‘mdan ortiq zarar yetkazilgan. Bu haqda Senatning 18-yalpi majlisida ma’lum qilindi.

 

Senatning 18-yalpi majlisida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan taqdim etilgan O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi milliy ma’ruza muhokama qilindi.

 

Ma’ruzada qayd etilishicha, 2025-yilda korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat boshqaruvida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, davlat xizmatlarini raqamlashtirish hamda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilgan.

 

Jumladan, sog‘liqni saqlash, ta’lim, bandlik, bank va kadastr sohalarida korrupsiya hamda byurokratiyaning kelib chiqish sabablari o‘rganilgan. O‘rganishlar natijasida korrupsiya xavfi yuqori bo‘lgan tuman va shaharlar uchun manzilli “yo‘l xaritalari” tasdiqlangan.

 

Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasini takomillashtirishga qaratilgan 7 ta normativ-huquqiy hujjat qabul qilingan, davlat xizmatlarini raqamlashtirish ko‘lami kengaytirilgan. Shuningdek, 7,5 mingdan ortiq shaxs javobgarlikka tortilgan.

 

2025-yilda korrupsiyaga oid jinoyatlar bo‘yicha 7 517 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan. Ushbu jinoyatlar oqibatida davlat manfaatlariga 2,9 trln so‘mdan ortiq zarar yetkazilgan.

 

Korrupsiyaga oid jinoyatlar eng ko‘p maktabgacha va maktab ta’limi, sog‘liqni saqlash, mahalliy hokimliklar hamda tijorat banklari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

 

Bundan tashqari, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining har to‘rtinchisida korrupsiyaviy omillar aniqlangan. Davlat xaridlari sohasida esa 12,6 trln so‘mlik qonunbuzilishlar qayd etilgan.

 

Senatorlar korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha profilaktika ishlarini kuchaytirish, davlat xaridlarida qonuniylikni ta’minlash, ichki nazorat (komplayens) tizimini takomillashtirish va davlat organlari faoliyatining ochiqligini oshirish zarurligini ta’kidlagan.

 

Majlis yakunida Senatning tegishli qarori qabul qilingan.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish