1-sinf oʻquvchilarining maktab sumkasi necha kilogramm boʻlishi kerak?

1-sinf oʻquvchilarining maktab sumkasi necha kilogramm boʻlishi kerak?

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi 1-sinf oʻquvchilarining darsliklari belgilangan ogʻirlik meʼyoridan oshmasligini maʼlum qildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Taʼkidlanishicha, sumkaning ogʻirlashishiga koʻpincha dars jadvalidan tashqari qoʻshimcha buyumlar sabab boʻladi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Yangi oʻquv yili oldidan 1-sinf oʻquvchilarining maktabga qancha ogʻirlikdagi darslik olib borishi koʻplab ota-onalarni qiziqtirmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bu borada 1-sinf oʻquvchilari uchun tayyorlangan darslik majmualarining ogʻirligi belgilangan meʼyorlardan oshmasligini maʼlum qildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Vazirlik boshqarma boshligʻi Qahramon Almardonovning taʼkidlashicha, 1-sinf uchun jami 16 nomdagi darslik va 8 nomdagi mashq daftari mavjud.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Biroq ularning barchasi bir vaqtning oʻzida foydalanilmaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ayrim darsliklar choraklar boʻyicha alohida nashr etilgan boʻlib, oʻquvchilar faqat shu davr uchun kerakli qismini olib yuradi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Misol tariqasida, haftaning kunlari boʻyicha 1-sinf oʻquvchisining darslik va mashq daftarlari ogʻirligi quyidagicha ekani keltirildi:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

  • dushanba — 1,6 kg;
  • seshanba — 1,1 kg;
  • chorshanba — 1,2 kg;
  • payshanba — 1,1 kg;
  • juma — 1,1 kg.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Dars jadvalida belgilangan kitob va daftarlargina olib borilsa, ularning ogʻirligi meʼyor doirasida boʻladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Shuningdek, sumkaning ogʻirlashishiga koʻpincha keyingi kun darsliklarini oldindan solib qoʻyish, ortiqcha mashq daftarlari, suv idishi, ovqat qutisi yoki katta hajmdagi sumkalardan foydalanish kabi omillar sabab boʻlishi mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Vazirlik ota-onalar va oʻquvchilarga dars jadvaliga muvofiq faqat kerakli oʻquv qurollarini olib yurishni tavsiya qildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Eslatib oʻtamiz, avvalroq 1-sinf oʻquvchilariga “Prezident sovgʻalari” 25-avgustga qadar yetkazilishi hamda uning tarkibida 12 turdagi oʻquv qurollari boʻlishi haqida xabar berilgan edi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠