Maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumta’lim maktablariga xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilishda foydalaniladigan test topshiriqlari spetsifikatsiyasi tasdiqlandi. Hujjat tanlov sinovlarining mazmuni va baholash mezonlarini belgilaydi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan ‘‘Ta’lim tashkilotlari xodimlarini tanlov asosida ishga qabul qilish sinov spetsifikatsiyasi’’ tasdiqlandi.
Mazkur spetsifikatsiya joriy yil 1-iyuldan boshlab mamlakatning 26 ta tuman va shahridagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda umumta’lim maktablariga xodimlarni pedagog.uzedu.uz platformasi orqali tanlov asosida ishga qabul qilish jarayonida qo‘llaniladi.
Mazkur tizim dastlab 2026-yil 1-fevraldan boshlab tajriba-sinov tariqasida Buxoro tumanidagi ta’lim tashkilotlarida joriy etilgan.
Endilikda ushbu amaliyot Buxoro viloyatining barcha tuman va shaharlarida, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahridan bittadan tuman (shahar)da bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yilmoqda.
Tanlovda ishtirok etuvchilar sinovlarda foydalaniladigan test topshiriqlari spetsifikatsiyasi bilan quyida tanishishlari mumkin.
BOSHLANG‘ICH TA’LIM (o‘zbek, qoraqalpoq, qirg‘iz, qozoq, tojik, turkman, rus)
QARDOSH TILLAR (qoraqalpoq tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili, qirg‘iz, qozoq, tojik, turkman)
XORIJIY TILLAR (fransuz, hindiy, ingliz, koreys, nemis, xitoy, yapon)
MTT lar uchun (defektolog, logoped, psixolog, tarbiyachi, musiqa rahbari, direktor o’rinbosari)
UMUMTA’LIM FANLARI
YO‘NALISHLAR
Maktab direktori oʻrinbosari (maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha)
Maktab direktori oʻrinbosari (oʻquv-tarbiya ishlari boʻyicha)
