1-sinfga qabul qilingan bolalar soni yarim milliondan oshdi — statistika

1-sinfga qabul qilingan bolalar soni yarim milliondan oshdi — statistika

20-iyul holatiga ko‘ra, joriy yilgi qabulda 600 mingdan ortiq bola davlat umumta’lim maktablarining 1-sinfiga qabul qilindi. Mikrohudud doirasidagi qabul 31-iyulgacha davom etadi, undan so‘ng bo‘sh o‘rinlardan kelib chiqib ikkinchi bosqich boshlanadi.

 

Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi davlat umumtaʼlim maktablarining 1-sinfiga qabul jarayonlari davom etmoqda.

 

Joriy yilning 20-iyuliga qadar umumtaʼlim maktablarining 1-sinfiga 600 065 nafar (322 944 nafari onlayn, 277 121 nafari anʼnaviy tartibda) bola qabul qilindi.

 

Hududlar kesimida:

– Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 32 093 nafar;

 

– Andijon viloyati — 56 884 nafar;

 

– Buxoro viloyati — 28 993 nafar;

 

– Jizzax viloyati — 27 696 nafar;

 

– Qashqadaryo viloyati — 70 135 nafar;

 

– Navoiy viloyati — 14 190 nafar;

 

– Namangan viloyati — 52 022 nafar;

 

– Samarqand viloyati — 72 697 nafar;

 

– Surxondaryo viloyati — 54 686 nafar;

 

– Sirdaryo viloyati — 12 442 nafar;

 

– Toshkent viloyati — 46 849 nafar;

 

– Farg‘ona viloyati — 68 563 nafar;

 

– Xorazm viloyati — 30 522 nafar;

 

– Toshkent shahri — 32 293 nafar.

 

Shuningdek, 2026-2027-oʻquv yilida respublika bo‘ylab 135 ta tuman va shahardagi 5 690 ta maktab (umumiy maktablarning qariyb 60 foizi)da qabul jarayonlari onlayn tarzda tashkil etilmoqda.

 

Eslatib oʻtamiz, mikrohudud doirasidagi qabul jarayonlari joriy yil 31-iyulga qadar davom etadi.

 

Ikkinchi bosqichda esa 1-avgustdan keyin mikrohududdan tashqaridagi qabul maktablarning bo‘sh o‘rinlari va imkoniyatlaridan kelib chiqib amalga oshiril     adi.

 

Arizalarni MMTV ning my.maktab.uz elektron platformasi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali yuborish mumkin.

 

Avvalroq, 1-sinfga qabul jarayonlaridagi kadastr muammolari bo‘yicha tezkor shtab tashkil etilgani haqida xabar bergan edik.