IIV Akademiyasining 2026/2027-o‘quv yili uchun o‘tish ballari e’lon qilindi

IIV Akademiyasining 2026/2027-o‘quv yili uchun o‘tish ballari e’lon qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi 2026/2027-o‘quv yili uchun kunduzgi ta’lim bakalavriatiga qabul bo‘yicha o‘tish ballarini e’lon qildi. O‘tish balli va undan yuqori natija qayd etgan nomzodlar o‘qishga qabul qilingan hisoblanadi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi 2026/2027-o‘quv yili uchun kunduzgi ta’lim bakalavriatiga nomzodlarni tanlab olish yakunlari bo‘yicha o‘tish ballarini ma’lum qildi.

 

Hududlar kesimida eng yuqori o‘tish bali Qashqadaryo viloyati IIB nomzodlari uchun 63 ballni tashkil etdi. Eng past o‘tish bali esa Toshkent shahri IIB nomzodlari uchun 50 ball etib belgilangan.

 

T/r Hududiy bo‘linma O‘tish ballari
1 Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV 57,25
2 Andijon viloyati IIB 57,5
3 Buxoro viloyati IIB 59,5
4 Jizzax viloyati IIB 57,0
5 Qashqadaryo viloyati IIB 63,0
6 Navoiy viloyati IIB 58,75
7 Namangan viloyati IIB 57,25
8 Samarqand viloyati IIB 55,05
9 Sirdaryo viloyati IIB 58,0
10 Surxondaryo viloyati IIB 58,0
11 Toshkent shahar IIBB 50,0
12 Toshkent viloyati IIBB 55,0
13 Farg‘ona viloyati IIB 57,25
14 Xorazm viloyati IIB 57,0
15 Nomzod qizlar (IIVning idoraviy va harbiy akademik litseyi bitiruvchilari) 64,0
16 Boshqa fuqarolar (fuqarolik ta’lim muassasalari bitiruvchilari) – o‘g‘il bolalar 63,75
Boshqa fuqarolar (fuqarolik ta’lim muassasalari bitiruvchilari) – qizlar 65,25
17 Raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyati ta’lim yo‘nalishi 32,75
18 Ekspert-kriminalistika faoliyati ta’lim yo‘nalishi 52,43

 

Tegishli vazirlik va idoralar tavsiyanomasiga ega nomzodlar uchun o‘tish ballari:

 

— Ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila a’zolari farzandlari uchun ajratilgan kvota — 54,0 ball;

 

— Harbiy xizmatchilar (xodimlar) farzandlari uchun;

 

  • Mudofaa vazirligi — 48,0 ball
  • Ichki ishlar vazirligi — 62,0 ball
  • Favqulodda vaziyatlar vazirligi — 52,0 ball
  • Davlat xavfsizlik xizmati — 45,0 ball
  • Prezident davlat xavfsizlik xizmati — 61,0 ball
  • Elektron texnologiyalarni rivojlantirish markazi — 77,0 ball

 

— Milliy gvardiya harbiylari hamda IIV huzuridagi Qo’riqlash departamenti ofitser va serjantlarining tavsiyanoma bergan farzandlari uchun — 45,0 ball;

 

— ‘‘Tumaris izdoshlari’’ jamoasi guruhlari a’zolari (tavsiyanoma asosida) uchun — 49,0 ball.

 

Eslatib o‘tamiz, o‘tish balli va undan yuqori ball to‘plagan nomzodlar o‘qishga qabul qilingan hisoblanadi. Ular qachon va qanday tartibda IIV Akademiyasiga yetib kelishlari yuzasidan ichki ishlar organlari orqali xabardor qilinadi.

 

Shuningdek, 20–22-iyul kunlari IIV Akademiyasida qabul natijalari yuzasidan apellyatsiya komissiyasi faoliyat olib boradi. Nomzodlar natijalar yuzasidan apellyatsiya komissiyasiga murojaat qilishlari mumkin.