Oliy sud tomonidan internet tarmog‘ida diniy ekstremistik, terroristik va aqidaparastlik g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi, O‘zbekistonda tarqatilishi taqiqlangan manba va kontentlarning yangilangan ro‘yxati e’lon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan internet jahon tarmog‘idagi diniy ekstremistik, terroristik va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan deb topilgan hamda respublika hududiga olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etilishi taqiqlangan manba va kontentlarning yangilangan ro‘yxati e’lon qilindi.
2026-yil 13-iyul holatiga ko‘ra, taqiqlangan manbalar quyidagi platformalar kesimida qayd etilgan:
— Telegram — 886 ta;
— Instagram — 405 ta;
— Facebook — 276 ta;
— YouTube — 202 ta;
— TikTok — 68 ta;
— Odnoklassniki — 44 ta;
— Threads — 1 ta.
Shuningdek, veb-saytlar, elektron kitoblar, maqolalar va nashidalar bo‘yicha ham jami 33 ta kontent taqiqlangan.
Oliy sud fuqarolarni, ayniqsa ota-onalar va yoshlarni diniy aqidaparastlik, ekstremizm hamda terrorizm g‘oyalaridan ogoh bo‘lishga, bunday materiallarni tarqatmaslik va ulardan foydalanmaslikka chaqirdi.
Taqiqlangan manba va kontentlarning batafsil ro‘yxati bilan Oliy sud tomonidan e’lon qilingan quyidagi hujjatda tanishishingiz mumkin.
