Test sinovlari 14-iyuldan 23-iyulga qadar davom etadi

Test sinovlari 14-iyuldan 23-iyulga qadar davom etadi

Joriy yilda respublika bo‘yicha jami 664 ming 609 nafar abituriyent test sinovlarida ishtirok etishi belgilangan.

 

Test sinovlari kuniga 2 smenada yopiq pavilyonlarda tashkil etiladi. 1-smena soat 08:00 da, 2-smena 15:00 da boshlanadi.

 

Abituriyentlardan test sinovlari boshlanishidan kamida bir yarim soat oldin belgilangan hududga yetib kelishlari talab etiladi.

 

Test sinovlarida ishtirok etish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga Abituriyent ruxsatnomasi my.uzbmb.uz sayti orqali berilmoqda.

 

Abituriyentlardan ruxsatnomani yuklab olishlari hamda qog‘ozga chop etib qo‘yishlari so‘raladi.

 

Abituriyentlar ruxsatnomada belgilangan manzildagi binoda, ko‘rsatilgan sanada va smenada test sinovlarida ishtirok etadi.

 

Boshqa hudud, kun va smenada test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat etilmaydi.

 

Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.

 

Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!

 

@mandat_javobbot orqali istalgan ta’lim yo’nalishlarining 2025-2026-o’quv yilidagi o’tish ballari bilan tanishishish mumkin.