“Jasorat maktablari”ga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi — jismoniy tayyorgarlik sinovlari 17-iyul kuni boʻlib oʻtadi. Talabgorlar belgilangan manzilga imtihon boshlanishidan 1,5 soat oldin zarur hujjatlar bilan yetib borishi lozim.
“Jasorat maktablari”ga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi — jismoniy tayyorgarlik sinovlari joriy yilning 17-iyul kuni oʻtkaziladi. Sinovlar soat 08:00 da belgilangan manzillarda boshlanadi.
Ushbu bosqichda har bir talabgor 5 ta jismoniy mashqni bajaradi. Natijalar “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarining turlari va mezonlariga muvofiq 50 ballik tizim asosida baholanadi.
Talabgorlar imtihon boshlanishidan 1,5 soat oldin tugʻilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi hamda ruxsatnoma bilan belgilangan manzilga kelishi shart.
Jismoniy tayyorgarlik sinovlari oʻtkaziladigan manzillar roʻyxati bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin — manzillar
Maʼlumot uchun: “Jasorat maktablari”ga jami 25 513 nafar talabgorlar onlayn hujjat topshirgan.
