Ijtimoiy xavf guruhidagi bolalarni qo‘llab-quvvatlash uchun “Qanot” loyihasi tashkil etiladi

Ijtimoiy xavf guruhidagi bolalarni qo‘llab-quvvatlash uchun “Qanot” loyihasi tashkil etiladi

Ayni damda bo‘layotgan Prezident muloqotida Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Ichki ishlar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi ijtimoiy xavf guruhidagi bolalarni qo‘llab-quvvatlash uchun “Qanot” loyihasini ishga tushirishi ma’lum qilindi.

 

Yoshlar ishlari agentligi va Ijtimoiy himoya milliy agentligiga bu yil “Vatan mehri – ijtimoiy tashabbuslar” tanlovini o‘tkazib, aholi muammolari bo‘yicha eng yaxshi yechim bergan volontyorlar va 50 ta ijtimoiy loyiha muallifini taqdirlash topshirildi.

 

“Biz yoshlarga yaratib berayotgan imkoniyatlardan hech bir o‘g‘il-qizimiz chetda qolmasligi kerak”, – dedi Prezident.

 

Ushbu loyiha bunday yoshlarni ijtimoiy xizmatlar, ta’lim, sport, musiqa va san’atga yo‘naltirib, qayta huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olishga xizmat qiladi.

 

Iyun oyida o‘tkazilgan “Yoshlar tashabbuslari marafoni”da yigit-qizlar tomonidan ilm-fan, madaniyat, biznes, startap, sun’iy intellekt yo‘nalishlarida minglab loyiha takliflari ilgari surildi.

 

Yoshlar ishlari agentligiga “Tashabbuslar ofisi”ni tashkil qilib, har bir g‘oyani loyihaga, mahsulotga va xizmatga aylantirish bo‘yicha ishlarni boshlash topshirildi. Buning uchun 50 milliard so‘m ajratiladi.

 

Avvalroq, milliy ruhdagi o‘yinlarni ko‘paytirish bo‘yicha yangi tizim yo‘lga qo‘yilishi haqida xabar berilgandi.