Yoshlar kuni munosabati bilan yurtimizning faol va tashabbuskor yosh avlod vakillaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida Prezident Farmoni imzolandi. Unga ko’ra, «Mard o’g’lon» davlat mukofoti bilan va «Kelajak bunyodkori» medali bilan taqdirlangan yoshlar ro’yxati e’lon qilindi.
Ma’lumot uchun, «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida pul mukofoti beriladi.
“Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar ro’yxati
Allashov Raxim Tolibay uli – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy qism guruh mutaxassisi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)
Alimbayev Nodirbek Turg‘un o‘g‘li – To‘rtko‘l tumanidagi “Ullubog‘” ovul fuqarolar yig‘ini yoshlar yetakchisi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)
Teshaboyev Oybek Abdumannob o‘g‘li – Andijon davlat texnika institutining doktoranti (Andijon viloyati)
Xursanov Doniyorbek Damirjon o‘g‘li – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy qism guruh komandiri (Andijon viloyati)
Rahimov Daler Rahmonovich – 58-xalqaro kimyo olimpiadasi ilmiy qo‘mitasi a’zosi (Buxoro viloyati)
Mustaqimov Sherali Shuhrat o‘g‘li – O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Favqulodda vaziyatlar markazi katta inspektori (Buxoro viloyati)
Zokirov Jaxongir Lazizbek o‘g‘li – Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi (Jizzax viloyati)
Abduxaliqov Javoxir Aliboy o‘g‘li – O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining harbiy qism otryad mutaxassisi (Jizzax viloyati)
Xudoyqulov Javohir Tursunpo‘lat o‘g‘li – O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchisi (Qashqadaryo viloyati)
Yuldoshev Dilshodbek Ulug‘bek o‘g‘li – Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasining guruh katta mutaxassisi (Qashqadaryo viloyati)
Istamov Hayot Yo‘lchiyevich – Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti katta o‘qituvchisi (Navoiy viloyati)
Salimjonov Xazrat Akramjon o‘g‘li – “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining Navoiy mashinasozlik zavodi muhandis-texnologi (Navoiy viloyati)
Astanaliyev Elmurod Tursunali o‘g‘li – Toshkent davlat transport universiteti mustaqil izlanuvchisi (Namangan viloyati)
Karimov Umidjon Javlon o‘g‘li – Toshkent shahar bojxona boshqarmasining bo‘lim katta tezkor vakili (Namangan viloyati)
Elbekov Shohzodbek Elbek o‘g‘li – O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining harbiy qism otryad komandiri (Samarqand viloyati)
Xudoyberdiyev Dilshodjon Rayimberdi o‘g‘li – Samarqand viloyati suv sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining akademik eshkak eshish bo‘limi sportchisi (Samarqand viloyati)
Xolmatov Otabek Shuxrat o‘g‘li – Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasining otryad katta mutaxassisi (Sirdaryo viloyati)
Musurmonqulov Bektosh Qodirberdi o‘g‘li – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy qism guruh mutaxassisi (Sirdaryo viloyati)
Qosimxojiyev Najmiddin Abdujabbor o‘g‘li – O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti 4-bosqich talabasi (Surxondaryo viloyati)
Noraliyev Sarvar Nurislom o‘g‘li – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy qism batareya komandiri (Surxondaryo viloyati)
Xalmaxanov Aytjan Daniyor o‘g‘li – Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi 2-bosqich talabasi (Toshkent viloyati)
Larin Yevgeniy Alekseyevich – Toshkent davlat tibbiyot universiteti 6-bosqich talabasi (Toshkent viloyati)
Mahammadjonov Qudratbek Ulug‘bek o‘g‘li – Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-bosqich magistranti (Farg‘ona viloyati)
Muxammadxonov Shuxratjon Muzafarjon o‘g‘li – O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining harbiy musiqa akademik litseyi komandiri (Farg‘ona viloyati)
Rajapov Artur Ixtiyor o‘g‘li – O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, haykaltarosh (Xorazm viloyati)
Aminboyev Qodirbergan Olimboy o‘g‘li – Urganch davlat pedagogika instituti 3-bosqich talabasi (Xorazm viloyati)
Begmuratov Humoyun Xusniddinovich – Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi a’zosi (Toshkent shahri)
G‘ulomov Paxlavon Farrux o‘g‘li – Toshkent shahridagi Prezident maktabi 11-sinf o‘quvchisi (Toshkent shahri)
«Kelajak bunyodkori» medali bilan mukofotlanganlar ro’yxati
Azatova Shaxzoda Alisher qizi – O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Nukus filiali 4-bosqich talabasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Odiljonova Kamola Abduvosit qizi – Andijon davlat pedagogika institutining 1-bosqich doktoranti, Andijon viloyati
Bafoyev Jaxongir Shuxrat o‘g‘li – Buxoro shahridagi «Bukhara books» xususiy kitob do‘konlari tarmog‘i ta’sischisi, Buxoro viloyati
Jalolova Mohira Sirojiddin qizi – Jizzax viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining neyroxirurgiya bo‘limi neyrojarrohi
Ziyodova Asal Isomiddin qizi – Qarshi shahridagi «Bolalar akademiyasi» nodavlat ta’lim muassasasi rahbari, Qashqadaryo viloyati
Istamtoshev Sulaymon Dovudovich – Navoiy ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati o‘qituvchisi, Navoiy viloyati
Soloxiddinov Qobiljon Komil o‘g‘li – Yangi Namangan tumanidagi «Qobil Jiga servis» avtoservisi rahbari, Namangan viloyati
Nurmamatova Pokiza Akmaljon qizi – Pastdarg‘om tumanidagi «Kaja Games» milliy o‘yinlar startap loyihasi asoschisi, Samarqand viloyati
Raximberdiyev Temur Abbos o‘g‘li – Yangiyer shahridagi «Sesosino newenergy technology» xususiy korxonasi muhandis-texnologi, Sirdaryo viloyati
Abduxoliqov Akmal Qahramonovich – Angor tumanidagi «Aka-uka oltin yerlari» sabzavotchilik fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Surxondaryo viloyati
Yunusova Ozoda Ulug‘bek qizi – «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatining Mis boyitish fabrikasi yanchish va flotatsiyalash sexi flotatori, Toshkent viloyati
Odilov Hamidjon Valijon o‘g‘li – Farg‘ona shahridagi «TruDispatch» xususiy logistika korxonasi rahbari, Farg‘ona viloyati
Rahimova Sevinch Hamroyevna – Karate bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi, Xorazm viloyati
Mirfayzullayeva Azizaoy Maxmudjon qizi – Sergeli tumanidagi «Farog‘atli» mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlar yetakchisi, Toshkent shahri
Aslonova Laylo Olimovna – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti raisi
Mamasaidov Muhammadsaid Muhammadqosim o‘g‘li – «Tahrirchi» sun’iy intellekt platformasi asoschisi
Mo‘ydinova Zilola Voxid qizi – Bojxona institutining bojxona to‘lovlari va statistikasi kafedrasi o‘qituvchisi
Mustayeva Sabina Ruslanovna – «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi xonandasi
Safolov Firuzjon Rasuljonovich – «Uzbekistan Airways» aksiyadorlik jamiyatining Parvoz xizmati departamenti «A-321» havo kemasi uchuvchisi
Xujamberdiyeva Lobarxon Xaydar qizi – O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining 2-bosqich kursanti
