Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari sanalari e’lon qilindi

Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari sanalari e’lon qilindi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan, sport, tayanch, muhandislik va jasorat maktablari hamda boshqa qator ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari 25-iyundan boshlanadi. Imtihon ruxsatnomalari talabgorlarning shaxsiy kabinetlariga sinov sanasidan uch kun oldin yuklanadi.

 

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi ma’lum qilishicha, 2026-yil 25-iyundan boshlab Agentlik tizimidagi maktablarga kirish imtihonlari o‘tkaziladi.

 

Jumladan, Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan, sport, tayanch, muhandislik va jasorat maktablari, Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati, xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati hamda “Prezident iqtidorli farzandlari”ni qo‘llab-quvvatlash milliy dasturi uchun saralash sinovlari tashkil etiladi.

 

Imtihon ruxsatnomalari sinov sanasidan uch kun oldin talabgorlarning shaxsiy kabinetiga yuklanadi. Shuningdek, bu haqda arizada ko‘rsatilgan telefon raqamiga SMS-xabarnoma yuboriladi.

 

Talabgorlar ruxsatnomalarni ariza.piima.uz platformasidagi shaxsiy kabinetlari orqali yuklab olishlari mumkin.

 

Talabgorlardan imtihon vaqtlari bilan oldindan tanishib chiqish, shuningdek, sinov kuni belgilangan manzilga kechikmasdan yetib kelishi so‘raladi.

 

Eslatib o‘tamiz, Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarga tayyorlanayotgan o‘quvchilar uchun bepul diagnostik testlar sinovtest.uz platformasida mavjud. Mazkur platforma orqali o‘quvchilar kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rishi va o‘z bilimlarini sinab ko‘rishi mumkin.

 

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga kirish imtihonlarini o‘tkazish grafigi bilan quyida tanishishingiz mumkin:

Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari sanalari e’lon qilindi