Sloveniya hukumati 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini cheklovchi qonun loyihasini ishlab chiqmoqda. Taklif qabul qilinsa, TikTok va Snapchat kabi platformalarga kirish ham cheklanishi mumkin.
Sloveniya hukumati 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini cheklashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqmoqda. Bu haqda bosh vaziri o‘rinbosari Matey Archon ma’lum qildi.
So‘nggi haftalar va oylar davomida bu masala dunyo va Yevropa miqyosida faol muhokama qilinmoqda. Hukumat sifatida biz bolalarimiz xavfsizligi va farovonligiga befarq emasligimizni ko‘rsatmoqdamiz. Dastlabki takliflar mutaxassislar tomonidan takomillashtiriladi, shuningdek, bolalar va o‘smirlarni himoya qilish maqsadida ijtimoiy tarmoqlar faoliyatini tartibga solish bo‘yicha huquqiy asos ishlab chiqiladi, — dedi vazir o‘rinbosari.
Ma’lum qilinishicha, cheklovlar qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan platformalar qatorida TikTok va Snapchat ham bor.
Avvalroq, BAAda ham 15 yoshgacha bo‘lganlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish cheklangani haqida xabar berilgandi.
Bundan tashqari, Slovakiyada ham 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlashni rejalashtirmoqda.
