Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati tomonidan 2026–2027 o‘quv yili uchun 9-sinfga qabul jarayoni doirasida kirish imtihonlari test topshiriqlari spetsifikatsiyasi e’lon qilindi.
Mazkur spetsifikatsiya imtihon topshiriqlarining mazmuni, qamrovi, turlari, baholash mezonlari hamda o‘tkazish tartibini belgilab beradi.
Har bir fan bo‘yicha test va yozma topshiriqlar o‘quvchilarning bilim darajasi, asosiy tushunchalarni o‘zlashtirish darajasi hamda xalqaro ta’lim standartlariga mos tayyorgarligini baholashga yo‘naltirilgan.
Test topshiriqlari spetsifikatsiyasi va batafsil ma’lumotlar bilan quyidagi havolalar orqali tanishish mumkin:
— Ingliz tili (2-bosqich): (rasmiy ravishda qo‘shildi)
Qabul jarayoni ikki bosqichdan iborat bo‘lib, saralash va kirish imtihonlarini o‘z ichiga oladi.
- 1-bosqich saralash imtihoni 1-iyul kuni;
- 2-bosqich kirish imtihoni 23-iyul kuni o‘tkaziladi.
Imtihonlar ikki asosiy yo‘nalish — aniq fanlar va tabiiy fanlar bo‘yicha tashkil etiladi.
Aniq fanlar yo‘nalishi:
Ingliz tili, matematika, fizika.
Tabiiy fanlar yo‘nalishi:
Ingliz tili, kimyo, biologiya.
Nomzodlarga imtihonlarga puxta tayyorgarlik ko‘rish va spetsifikatsiyalar asosida o‘z bilimlarini mustahkamlash tavsiya etiladi.
Ma’lumot uchun: Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatining aniq va tabiiy fanlar yoʻnalishi bo‘yicha 8-sinfni tugatgan o‘quvchilar 9-sinfga qabul qilinadi.
