O‘zbekistonliklar o‘qish uchun eng ko‘p borayotgan TOP-7 davlat

O‘zbekistonliklar o‘qish uchun eng ko‘p borayotgan TOP-7 davlat

2026-yilning yanvar–aprel oylarida o‘zbekistonliklar o‘qish uchun eng ko‘p Qirg‘iziston, Rossiya va Janubiy Koreyaga safar qilgan. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, xorijga ta’lim maqsadida borgan fuqarolar soni 7 355 nafarni tashkil etgan.

 

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–aprel oylarida 7 355 nafar O‘zbekiston fuqarosi o‘qish maqsadida xorijga safar qilgan.

 

Qayd etilishicha, mazkur ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 2,6 ming nafarga yoki 26,2 foizga kamaygan.

 

Mazkur davrda O‘zbekiston fuqarolari o‘qish maqsadida eng ko‘p quyidagi davlatlarga borgan:

 

  • Qirg‘iziston — 1 519 nafar;
  • Rossiya — 1 515 nafar;
  • Janubiy Koreya — 1 184 nafar;
  • Turkiya — 554 nafar;
  • Tojikiston — 514 nafar;
  • Xitoy — 472 nafar;
  • Buyuk Britaniya — 413 nafar.

 

Shuningdek, 1 184 nafar fuqaro ta’lim olish maqsadida boshqa davlatlarga safar qilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, 2026-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonga o‘qish maqsadida kelgan xorijlik talabalar soni 15 124 nafarni tashkil etgan edi.