Harbiy qism qo‘mondonligi tavsiyanomasiga ega abituriyentlar OTMlarga qabulda alohida kvotalar asosida tanlovda ishtirok etadi. Mazkur hujjat egalariga beriladigan imtiyozlar quyida sanab o‘tilgan.
Harbiy qism qo‘mondonligi tavsiyanomasi O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan va yuksak natijalarga erishgan harbiy xizmatchilarga beriladi.
Masalan, 2025-yilgi o‘quv yilida respublika bo‘yicha jami 9 766 ta qo‘shimcha kvota ajratilgan edi. Ammo bu imtiyozdan faqat birinchi tanlangan yo‘nalish bo‘yicha foydalanish mumkin. Ikkinchi va undan keyingi yo‘nalishlarga bu imtiyoz amal qilmaydi.
Tavsiyanomaga ega bo‘lgan fuqarolar quyidagi imtiyozlarga ega bo‘ladi:
Oliy ta’lim muassasalariga (harbiy ta’lim muassasalari bundan mustasno) kiruvchilar uchun qabul parametrlaridan tashqari qo‘shimcha ravishda alohida qabul ko‘rsatkichlari belgilanadi.
- alohida qabul ko‘rsatkichlari har bir oliy ta’lim muassasasining har bir ta’lim shakli (kunduzgi, kechki, masofaviy) bo‘yicha belgilanadi.
- tavsiyanomaga ega abituriyentlar alohida qabul ko‘rsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etadi.
- ushbu alohida kvota doirasida o‘qishga kira olmagan abituriyentlar, umumiy tanlovda (oddiy abituriyentlar qatorida) qaytadan ishtirok etib, o‘qishga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Oliy harbiy ta’lim muassasalari uchun esa abituriyentlarga to‘plagan ballarining 50 foizi miqdorida qo‘shimcha ball beriladi (misol uchun, abituriyent test sinovida 120 ball to‘plasa, unga yana 60 ball qo‘shib beriladi).
Tavsiyanomaning amal qilish muddati — 3 yil.
Harbiy tavsiyanomali abituriyentlar uchun 2025-yilgi o‘tish ballari — Faylni yuklash
