Oliy ta’lim muassasalariga kirishda xalqaro va milliy sertifikatlar birmuncha imtiyozlarni taqdim etdi. Shu sababdan abituriyent va talabalarning ushbu sertifikatlarga bo‘lgan ehtiyoji oshdi.
Biroq bu sertifikatlarning noqonuniy yo‘l bilan qo‘lga kiritilayotgan holatlari ham uchramoqda. Quyida esa, xalqaro va milliy sertifikatlarni haqiqiyligini tekshirib bera oladigan platforma va saytlarni jamladik:
1. IELTS sertifikatini tekshirish https://ielts.ucles.org.uk/ielts-trf/ sayti orqali amalga oshiriladi. (Faqat vakolatga ega bo‘lgan rasmiy tashkilotlar tekshira oladi.)
Agar sertifikat IDP dan olingan bo‘lsa https://ielts.idp.com/results/check-your-result sayti orqali tekshirish mumkin.
2. Milliy sertifikat (Multi-level) ni Bilimni baholash agentligining https://sertifikat.uzbmb.uz sayti orqali tekshirishingiz mumkin bo‘ladi. Yoki sertifikat ostidagi QR kodi skaner qilinadi. Agar app.uzbmb.uz yoki app.dtm.uz saytlaridan yuklansa sertifikat haqiqiy hisoblanadi.
3. APTIS(Bu sertifikat magistratura va doktoranturaga o‘tmaydi) sertifikatini tekshirish ikki yoʼlda amalga oshiriladi:
a) British council ning info@britishcouncil.uz elektron manziliga sertifikat egasining ism familiyasi, sertifikat olingan sana va maxsus kod ko‘rsatilgan rasmiy xat yo‘llagan holda;
b) APTIS sertifikatlari ASSESSMENT CENTER tomonidan berilgan bo‘lsa u holda https://certificate.assessment.uz/ sayti orqali amalga oshirilishi mumkin.
4. LINGUASKILL (Bu sertifikat magistratura va doktoranturaga o’tmaydi) sertifikatini tekshirishdan oldin muhim narsani bilish kerak. Eng avvalo, O‘zbekiston hududida tan olingan imtihon markazlar tomonidan olingan bo‘lishi kerak. UZ050, UZ026, UZ004 kod bilan ro‘yxatdan o‘tgan tashkilotlarning natijalari ishonchli hisoblanib, ularni tekshirish uchun https://results.linguaskill.com/results-check saytiga sertifikatdagi tegishli maʼlumotlarni kiritib, haqiqiy ekanligini tekshirsangiz bo‘ladi.
Ayrim o‘quv markazlar, yoki onlayn servislar tomonidan olingan sertifikatlar ham ushbu saytda haqiqiy sifatida ko‘rsatilishi mumkin, lekin ularning aynan qanday olinganini tekshirish imkoni yo‘qligi uchun yuqoridagi 3ta tashkilotdan boshqasini natijalarini haqiqiy deb bo‘lmaydi.
5. TOEFL IBT sertifikatini tekshirish uchun https://www.ets.org/toefl/score-users/scores-admissions/become sayti orqali amalga oshiriladi. (Rasmiy tashkilotni ro‘yxatdan o‘tkazib, rasmiy so‘rov yuborish kerak.)
6. TOEFL ITP sertifikatini tekshirish uchun
tests-security@etsglobal.org elektron manziliga sertifikat nusxalarini yuborish orqali tekshirishingiz mumkin.
7. TESOL, TEFL – Ushbu sertifikatlarni beruvchi tashkilotlar juda ham ko‘p. Hammasini ham tekshirish imkoni yo’q. Tegishli qarorga ko‘ra, maktabgacha va maktab ta’limi tizimida TESOL sertifikatining faqatgina ESN loyihasi ( International Assosiation TCCP Course) orqali olingani tan olinadi. Qolgan sertifikatlar xoh onlayn xoh offlayn olingan bo‘lsin, qaror ro‘yxatida berilmagan. Shuning uchun tan olinmaslik ehtimoli yuqori.