2026-2027-o‘quv yilidan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida kadrlar tayyorlash maqsadida Soliq qo‘mitasi huzurida Soliq oliy maktabi tashkil etilish bo’yicha Prezident Farmoni belgilandi.
Prezidentning 2026-yil 19-maydagi PF–95-son Farmoni qabul qilindi. Farmonga ko‘ra, soliq xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadida quyidagilar belgilandi:
– 2030-yilga qadar Jahon bankining “Business ready” reytingida soliq yo‘nalishi bo‘yicha birinchi darajaga chiqiladi;
– soliq xizmatlaridan foydalanish imkoniyati va qulayligi, shuningdek, soliq organlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar sifati yaxshilanadi;
– “Soliq xizmati fidoyisi” ko‘krak nishoni ta’sis etiladi;
– jismoniy shaxslarning ipoteka kreditlarini qoplashga yo‘naltirilgan daromadlari bo‘yicha soliq imtiyozlarini qo‘llash proaktiv tartibda amalga oshiriladi. Bunda imtiyoz qo‘llash natijasida yuzaga kelgan ortiqcha summa jismoniy shaxsning murojaatiga asosan10 ish kuni ichida qaytariladi.
Shuningdek, 2026- 2027-o‘quv yilidan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida kadrlar tayyorlash maqsadida Soliq qo‘mitasi huzurida Soliq oliy maktabi tashkil etiladi.
