KIUT Job Fair – 2026: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti talabalarning bandligini qanday ta’minlamoqda?

KIUT Job Fair – 2026: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti talabalarning bandligini qanday ta’minlamoqda?

Bugun, 16-aprel kuni Toshkent Kimyo xalqaro universitetida ‘‘KIUT Job Fair – 2026” va Ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi. Tadbir ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash, yoshlarning bandligini ta’minlash hamda ularning karyera imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qildi.

 

Yarmarkada bir nechta nufuzli tashkilotlar ishtirok etdi. Talabalar ular bilan bevosita muloqot qilib, ish va amaliyot imkoniyatlari haqida ma’lumot oldi, ayrimlari esa shu yerning o‘zida rezyume topshirdi.

 

KIUT Job Fair – 2026: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti talabalarning bandligini qanday ta’minlamoqda?

 

Universitetning 2-bosqich talabasi Hikmatova Madina mazkur tadbirning o‘tgan yilga nisbatan kengroq tashkil etilganini ta’kidladi.

 

“O‘tgan yili ham ushbu tadbirda ishtirok etgan edik. Bu yilgi yarmarka ancha keng ko‘lamda tashkil etilganini ko‘rdik. Turli sahna chiqishlari, ko‘rgazmalar va seminarlar ham bo‘ldi. Shuningdek, ishtirok etayotgan kompaniyalar soni ham ko‘proq”.

 

KIUT Job Fair – 2026: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti talabalarning bandligini qanday ta’minlamoqda?

KIUT Job Fair – 2026: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti talabalarning bandligini qanday ta’minlamoqda?

 

Shu bilan birga, tadbirning foydasi haqida KIUT universiteti 2-bosqich talabasi Ahmadjonova Marhamatbonu ham o‘z fikrlarini bildirdi.

 

“Bu yarmarka menga juda yaxshi motivatsiya berdi. Turli kompaniyalar bilan tanishdim, o‘zimga mos ish variantlarini ko‘rdim. Hatto bir nechta joyga rezyume ham topshirdim”, — deydi Marhamatbonu.

 

Shuningdek, tadbir doirasida madaniy chiqishlar, talabalar ishlari ko‘rgazmalari, amaliy kosmetologiya yo‘nalishi tomonidan yuz diagnostikasi va kosmetologik muolajalar, liboslar dizayni ko‘rgazmasi hamda rangtasvir yo‘nalishi talabalari ishtirokidagi amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.

 

KIUT Job Fair – 2026: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti talabalarning bandligini qanday ta’minlamoqda?

 

Talabalar o‘z ishlari orqali nafaqat bilimini, balki amaliy ko‘nikmalarini ham namoyish etdi.

 

Amaliy kosmetologiya yo‘nalishi tomonidan taqdim etilgan mahsulotlar mehmonlar e’tiborini tortdi. Kafedra professori Po‘latova Nilufar Fayzullayevna mahsulotlarning barchasi talabalar tomonidan tayyorlanganligini ta’kidladi.

 

“Bu mahsulotlarning barchasi talabalarimiz tomonidan tayyorlangan. Asosan tabiiy o‘simliklar va efir yog‘laridan foydalanilgan, kimyoviy qo‘shimchalar deyarli yo‘q. Shu sababli ular xavfsiz hisoblanadi” — dedi u.

 

KIUT Job Fair – 2026: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti talabalarning bandligini qanday ta’minlamoqda?

 

Shuningdek, tadbir doirasida dizayn yo‘nalishi talabalari, xususan, ushbu yo’nalishning 4-bosqich talabasi Marjona ham o‘z kolleksiyasini taqdim etdi.

 

“Ko‘rgazmada O‘zbegim va avangard uslubidagi kolleksiyalarimni olib chiqdim. Jami 22 ta ko‘ylak bor. Har semestr yangi kolleksiya ustida ishlaymiz, bu bizga juda katta tajriba beradi” — deydi Marjona.

KIUT Job Fair – 2026: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti talabalarning bandligini qanday ta’minlamoqda?

 

Tadbirda ishtirok etgan Uzbekistan Airways vakillari ham yoshlarning faolligini yuqori baholadi. Kompaniya vakili Dildora Hasanova yarmarkada nafaqat KIUT talabalari, balki boshqa oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari ham faol qatnashganini alohida ta’kidladi.

 

“Yoshlarning qiziqishi va intilishi juda yuqori. Yarmarkada nafaqat bitiruvchi yoshlar balki 1-2-bosqich talabalari ham kelajak kasbini tanlashga jiddiy yondashayotganini ko‘rish quvonarli. Bunday tadbirlar ularning kelajak kasbini tanlashida muhim rol o‘ynaydi” — dedi Dildora Hasanova.

 

KIUT Job Fair – 2026: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti talabalarning bandligini qanday ta’minlamoqda?

 

Kun davomida qabul komissiyasi, xalqaro bo‘lim va Koreya ta’lim markazi vakillari tomonidan ta’lim, grantlar hamda xalqaro dasturlar yuzasidan maslahatlar berildi. Shuningdek, axborot tizimlari muhandisligi yo‘nalishi talabalari innovatsion loyihalarini taqdim etdi.

 

Bundan tashqari, “Kasbiy charchashni yengish” mavzusida seminar hamda to‘g‘ri suhbatdan o‘tish, CV va rezyume tayyorlash bo‘yicha amaliy treninglar o‘tkazildi.

KIUT Job Fair – 2026: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti talabalarning bandligini qanday ta’minlamoqda?

 

Umuman olganda, “KIUT Job Fair – 2026” yoshlar uchun nafaqat ish topish, balki o‘z yo‘lini aniqlash, yangi aloqalar o‘rnatish va kelajakka aniq qadam tashlash imkonini bergan muhim platforma bo‘ldi.

 

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun Toshkent kimyo xalqaro universitetining rasmiy Veb-sayt: www.kiut.uz

 

Telegram: t.me/kiut_official

 

Instagram: instagram.com/kiut.official

 

Facebook: facebook.com/kiut.official

 

YouTube: youtube.com/@kiut.official

 

Qabul platformasi: admission.kiut.uz