Ayol pedagoglar va maktabgacha ta’lim xodimlari oʻrtasida voleybol boʻyicha “Vazir kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tadi

Ayol pedagoglar va maktabgacha ta’lim xodimlari oʻrtasida voleybol boʻyicha “Vazir kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tadi

Ayol o‘qituvchilar va maktabgacha ta’lim xodimlari oʻrtasida voleybol boʻyicha “Vazir kubogi” musobaqasiga start berilmoqda. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova ma’lum qildi.

 

Mazkur musobaqada Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumta’lim maktablari, ixtisoslashtirilgan maktablar, Prezident maktablari, ijod maktablari oʻqituvchilari hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ayol xodimlari ishtirok etishlari mumkin.

 

Musobaqaning asosiy maqsadi — ustozlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, jismoniy tarbiya va sportni ommaviylashtirish hamda oʻquvchilarga shaxsiy namuna koʻrsatish orqali jamoada hamjihatlikni mustahkamlashdan iborat.

 

Musobaqa uch bosqichda oʻtkaziladi:

 

  • tuman (shahar) bosqichi — 20-30-aprel kunlari;
  • hududiy bosqich (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent sh.) — 5-15-may kunlari;
  • respublika bosqichi — 17-20-iyun kunlari boʻlib oʻtadi.

 

Musobaqa gʻoliblari quyidagi yirik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

  • 1-oʻrin — 150 mln soʻm;
  • 2-oʻrin — 100 mln soʻm;
  • 3-oʻrin — 70 mln soʻm.

 

Bundan tashqari, ishtirokchi jamoalar uchun homiy tashkilotlarning maxsus qimmatbaho sovgʻalari ham tayyorlab qoʻyilgan.