Xorazmda bogʻcha direktori tadbirkordan 15 mln so‘m miqdorida pora olayotganda qoʻlga olindi

Xorazmda bogʻcha direktori tadbirkordan 15 mln so‘m miqdorida pora olayotganda qoʻlga olindi

Xorazm viloyatida davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori bog‘chada autsorsing tizimi orqali xizmat koʻrsatuvchi tadbirkordan pora talab qilgani uchun sud hukmi bilan uch yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

 

Maʼlumotlarga koʻra, bogʻcha direktori oʻz xizmat mavqeyidan foydalanib, muassasadagi ovqatlantirish xizmatini autsorsing asosida bajarayotgan tadbirkordan har oylik tushumning 20 foizini talab qilib kelgan.

 

U mazkur mablagʻ evaziga taomnoma va hisobot hujjatlarini imzolab berish, shu orqali tadbirkor faoliyatiga “qulay sharoit” yaratib berishni vaʼda qilgan.

 

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda bogʻcha direktori talab qilingan pul mablagʻi 15 mln so‘mni pora sifatida olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.

 

Sud qaroriga muvofiq, unga uch yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

 

Avvalroq, Fargʻona viloyatida bogʻcha direktori yordamchi tarbiyachidan 100 AQSH dollari miqdorida pora olayotgan vaqtida qoʻlga olinganligi haqida xabar bergan edik.

Xorazmda bogʻcha direktori tadbirkordan 15 mln so‘m miqdorida pora olayotganda qoʻlga olindi