Oʻquvchilar fan boʻyicha yakuniy imtihonni topshirishdan ozod etiladigan sertifikatlar roʻyxati tasdiqlandi

Oʻquvchilar fan boʻyicha yakuniy imtihonni topshirishdan ozod etiladigan sertifikatlar roʻyxati tasdiqlandi

MMTVning 2026-yil 16-martdagi 102-sonli buyrug’i bilan umumtaʼlim fanlari hamda xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati tasdiqlandi.

 

Ushbu ro‘yxatda keltirilgan sertifikati boʻlgan oʻquvchilar ilovada belgilangan baholash asosida baholanadi hamda tegishli fan bo‘yicha yakuniy imtihonni topshirishdan ozod etiladi.

 

Ilovada koʻrsatilgan xorijiy til fanidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 29-mayda 3515-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan normativ-huquqiy hujjatda nazarda tutilgan B1 va undan yuqori darajaga tenglashtirilgan milliy va xalqaro tan olingan sertifikatga ega boʻlgan oʻquvchilar yakuniy imtihonni topshirishdan ozod etilib, mazkur fandan ularga 5 baho beriladi.

 

Shuningdek, ilovada ko‘rsatilgan umumtaʼlim fanidan milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lgan o‘quvchilar yakuniy imtihonni topshirishdan ozod etiladi.

 

Bunda:

 

— milliy sertifikatga ega bo‘lgan o‘quvchilar uchun mazkur fandan A, A+ darajasi uchun 5 baho, B, B+ darajasi uchun 4 baho hamda C, C+ darajasi uchun 3 baho qo‘yiladi;

 

— xalqaro sertifikat (A Level) natijalariga ko‘ra esa A*, A yoki B darajasi uchun 5 baho, C darajasi uchun 4 baho hamda D yoki E darajasi uchun 3 baho qo‘yiladi.

 

Amal qilish muddati cheklanmagan (belgilanmagan) sertifikatlar uchun sertifikat olingan kundan boshlab uch yil davomida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda imtiyoz qoʻllaniladi.

 

Taʼlim sohasida xizmat koʻrsatuvchi vakolatli xalqaro tashkilotlarning rasmiy roʻyxatidan oʻtgan test markazlariga (authorized test centers) tashrif buyurmasdan, tashkilot vakillarining bevosita nazorati ostida imtihonni topshirmasdan, masofadan olingan sertifikatlar (Remote, Home Edition va boshqa turdagi sertifikatlar) yakuniy imtihonni topshirishda tan olinmaydi.

 

Mavzuga doir: 2025–2026-o‘quv yilida o‘tkaziladigan yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlari sanalari ma’lum qilingan edi.

 

Oʻquvchilar fan boʻyicha yakuniy imtihonni topshirishdan ozod etiladigan sertifikatlar roʻyxati tasdiqlandi

Oʻquvchilar fan boʻyicha yakuniy imtihonni topshirishdan ozod etiladigan sertifikatlar roʻyxati tasdiqlandi