IIV Akademiyasi magistraturaga qabul e’lon qildi: nomzodlar qachondan hujjat topshirishi mumkin?

IIV Akademiyasi magistraturaga qabul e’lon qildi: nomzodlar qachondan hujjat topshirishi mumkin?

IIV Akademiyasi 2026/2027-o‘quv yili uchun magistraturaga qabulni boshladi. Nomzodlar hujjatlarini 1-apreldan 1-iyunga qadar elektron shaklda topshirishi mumkin.

 

Qabul uchta yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladi:

 

  • tashkiliy-strategik boshqaruv
  • tashkiliy-taktik boshqaruv
  • ilmiy-pedagogik faoliyat

 

Tashkiliy-strategik boshqaruv

 

Mazkur yo‘nalishda o‘qish uchun nomzodlar bakalavr darajasi yoki diplomli mutaxassis malakasimalakasi hamda qonunchilik hujjatlariga muvofiq “tashkiliy-taktik boshqaruv” mutaxassisligi diplomiga tenglashtirilgan (muqaddam faoliyat ko‘rsatgan magistratura, Oliy akademik kurslar yoki Rahbar kadrlarni tayyorlash fakultetini tamomlagan) diplom, shuningdek “podpolkovnik” maxsus unvoniga ega bo‘lishi lozim.

 

Shuningdek, so‘nggi 1 yil davomida yuqori rahbarlik lavozimlarida ishlayotgan xodimlarning hujjatlari qabul qilinadi (bo‘lim yoki boshqarma boshliqlari, IIB rahbarlari, jazoni ijro etish muassasalari boshliqlari va boshqalar).

 

Tashkiliy-taktik boshqaruv

 

Bu yo‘nalish uchun bakalavr yoki diplomli mutaxassis darajasi hamda kamida “mayor” maxsus unvoni talab etiladi.

 

Nomzodlar so‘nggi 1 yil davomida o‘rta va yuqori lavozimlarda faoliyat yuritayotgan bo‘lishi kerak (bosh mutaxassislar, tergovchilar, bo‘linma boshliqlari, IIB rahbar o‘rinbosarlari va boshqalar).

 

Ilmiy-pedagogik faoliyat

 

Mazkur yo‘nalishda oliy yuridik ma’lumot va kamida 2 yillik xizmat staji talab etiladi.

 

Ayrim imtiyozlar mavjud:

 

  • Akademiyani imtiyozli diplom bilan bitirgan va 2 yil xizmat qilganlar tanlovsiz qabul qilinadi;
  • maxsus stipendiya sohiblari bo‘lgan iqtidorli bitiruvchilar esa xizmat stajisiz ham tanlovsiz qabul qilinishi mumkin.

 

Qabul tartibi

 

Hujjatlar faqat elektron shaklda qabul qilinadi. Nomzodlar:

 

magistr.akadmvd.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tadi;

 

Akademiya boshlig‘i nomiga yozilgan bildirgining imzolangan nusxasini yuklaydi.

 

Qabul jarayoni uch bosqichda o‘tkaziladi:

 

  1. Hujjatlarni ko‘rib chiqish
  2. Maxsus kasbiy tanlov (yozma ish va diagnostika)
  3. Yakuniy suhbat

 

Hujjatlar 2026-yil 1-apreldan 1-iyungacha qabul qilinadi.

 

Ma’lumot uchun: IIV Moliya va moddiy-texnika ta’minoti departamenti, Idoraviy hamkorlik bosh boshqarmasi, Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi, Xalqaro hamkorlik boshqarmasi, Tibbiyot boshqarmasi, Harbiy-safarbarlik boshqarmasi, Axborot xizmati, Interpolning O‘zbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosi, Nazorat-taftish inspeksiyasi, axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘linmalari xodimlari ichki ishlar organlarining rahbarlik lavozimlariga tayinlanishi uchun magistraturaning “tashkiliy-taktik boshqaruv” va “tashkiliy-strategik boshqaruv” mutaxassisliklarida o‘qishi talab etilmaydi.