Maktab maslahatchilarini ishga qabul qilish jarayoni tavsiyanomani ko‘rib chiqish, ariza topshirish hamda tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish kabi bir necha bosqichlardan iborat.
Mazkur tartibga ko‘ra, nomzodlar Respublika “Kelajak” markazlari tavsiyasi asosida maktablarda faoliyat boshlaydi. Barcha jarayonlar esa belgilangan muddatlar doirasida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Quyida maktab maslahatchisini ishga qabul qilishning asosiy bosqichlari va muddatlari bilan tanishishingiz mumkin.
Ikkinchi bosqich suhbat jarayonidan so‘ng quyidagi bosqichlar amalga oshiriladi:
1-bosqich: Komissiya kotibi tomonidan 5 ish kuni muddatida Platforma orqali Respublika “Kelajak” markaziga tavsiyanomani kelishish uchun yuboradi.
2-bosqich: Respublika “Kelajak” markazi tavsiyanomani ko‘rib chiqib, tasdiqlaydi.
3-bosqich: Talabgor 3 ish kuni ichida umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori nomiga ishga kirish uchun ariza yozadi.
4-bosqich: Umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori buyruqni rasmiylashtirib, xulosa olish uchun tegishli Adliya organining E-huquqshunos dasturiga yuboradi.
5-bosqich: Umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori xulosadan kelib chiqib, buyruq bilan tanishtirib, ishga qabul qiladi.
Lavozimdan ozod etilgandan so‘ng, 2 ish kuni muddatida umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori vakant bo‘lgan lavozim haqida buyruqni Adliya organining E-huquqshunos dasturiga yuboradi.
Mavzuga doir: Avvalroq maktab maslahatchisi qanday asosiy vazifalarni bajarishi haqida xabar bergan edik.
