Ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish bo‘yicha arizalar qabuli boshlandi. Ariza topshirish tartibi qanday?

Ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish bo‘yicha arizalar qabuli boshlandi. Ariza topshirish tartibi qanday?

Davlat oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish bo‘yicha arizalar qabuli boshlandi. Talabalar ushbu xizmatdan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalimy.gov.uz orqali foydalanishlari mumkin.

 

2026-yil 1-mart sanasidan boshlab ijara shartnomasi bo‘yicha kompensatsiya olish uchun ariza topshirish jarayoni ochilgan. Arizalar har oyning 1–7 sanalari davomida qabul qilinadi.

 

Kimlarga qoplab beriladi?

 

– talaba yotoqxona bilan qamrab olinmagan bo‘lishi kerak. Agar yotoqxonada joy bo‘lsa-yu, lekin talaba yotoqxonada turmasdan, ijaraga chiqib ketgan bo‘lsa, unda kompensatsiya berilmaydi;

 

– o‘ziga yoki ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli bo‘lmagan uyda ijarada turgan bo‘lishi kerak;

 

– davlat oliygohi talabasi bo‘lishi kerak, xususiy oliygoh talabalariga qoplab berilmaydi;

 

– O‘zbekiston fuqarosi yoki respublikada doimiy yashayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lishi kerak, xorijiy davlat fuqarosiga qoplab berilmaydi;

 

– faqat kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan bo‘lishi kerak. Kechki, masofaviy, sirtqi, shuningdek, qo‘shma ta’lim dasturlarida o‘qiyotgan talabalarga qoplab berilmaydi;

 

– ro‘yxatga olingan doimiy yashash joyidan boshqa joyda (tuman, shahar miqyosida) yashayotgan bo‘lishi kerak. Masalan, Samarqand shahrida ro‘yxatda turgan talaba Samarqand shahridagi oliygohda o‘qisa, unga ijara to‘lovida kompensatsiya berilmaydi, lekin Kattaqo‘rg‘on tumanida ro‘yxatda turuvchi talabaga to‘lab berilishi mumkin;

 

davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida o‘qiyotganining farqi yo‘q, ikkalasiga ham qoplab beriladi.

 

Xizmatdan qanday foydalaniladi?

 

Talabalar quyidagi tartibda murojaat qilishlari mumkin:

 

 

Mazkur xizmatdan foydalanishda qo‘shimcha hujjatlar talab qilinmaydi. Talaba haqidagi barcha ma’lumotlar tizim orqali avtomatik tarzda tekshiriladi.

 

Qancha miqdorda kompensatsiya beriladi?

 

Ariza ma’lumotlari tasdiqlangandan so‘ng, ijara to‘lovining bir qismi quyidagi miqdorda qoplab beriladi:

 

  • Toshkent shahrida yashayotgan talabalar uchun — BHMning 1 baravari (412 ming so‘m);

 

  • viloyatlarda yashayotgan talabalar uchun — BHMning 0,5 baravari (206 ming so‘m).

 

Kompensatsiya olish uchun ijara.soliq.uz saytida hisobga qo‘yilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomasi bo‘lishi kerak, yo‘qsa kompensatsiya berilmaydi.

 

Eslatma! Ijara shartnomasi uchun arizani istalgan kunda yuborish mumkin. Faqat oyning 7-sanasiga qadar yuborilgan so‘rovlarga mazkur oy uchun shartnoma miqdorining ma’lum qismi qoplab beriladi.

 

Agar ariza 7-sanadan keyin yuborilsa, u keyingi oy uchun ko‘rib chiqiladi.

 

Ma’lumot uchun, talaba akademik ta’tilga chiqqan, kursda qoldirilgan yoki safdan chetlashtirilsa — to‘lov to‘xtatiladi.

 

Avvalroq, 2025-yil yanvar-oktyabr oylarida uy-joyini talabalarga ijaraga bergan soliq to‘lovchilar daromadlari soliqdan ozod etilgani haqida xabar berilgan edi.