Eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyasi uchun arizalar qabuli 1-aprelga qadar davom etadi

Eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyasi uchun arizalar qabuli 1-aprelga qadar davom etadi

Xabaringiz bor, o‘z vaqtida umumiy o‘rta ta’lim olmagan (maktabni tamomlamagan) fuqarolarning eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyasida qatnashish uchun arizalar joriy yilning 1-fevraldan 1-aprelga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi.

 

Hukumatning tegishli qarori bilan tasdiqlangan Reglamentga muvofiq eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyasida ishtirok etish uchun arizalar joriy yilning 1-fevralidan 1-apreliga qadar (shu kuni ham) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi.

 

Bunda:

 

  • 9-sinf uchun — tegishli yilda 17 yoshga to‘ladigan;
  • 11-sinf uchun — 19 yoshga to‘ladigan va undan katta yoshdagi majburiy umumiy o‘rta ta’limga jalb qilinmagan fuqarolar ariza berishlari mumkin.

 

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 20-fevralga qadar eksternat tartibidagi imtihonlarda ishtirok etish uchun 1 423 nafar talabgor ariza topshirgan.

 

Ariza berish uchun maktab yoki hududiy bo‘limlarga borish shart emas. Mazkur davlat xizmati bepul amalga oshiriladi.

 

Muhim! Fuqarolar hozirda doimiy (yoki vaqtinchalik) yashayotgan hududdagi eksternat maktabga onlayn ariza yuborishlari mumkin.

 

Eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyasida ishtirok etish uchun arizalar qabul qilinish sanasi e'lon qilindi