Al-Xorazmiy olimpiadasining hududiy bosqichi o‘tkaziladigan sana va manzillar tasdiqlandi

Al-Xorazmiy olimpiadasining hududiy bosqichi o‘tkaziladigan sana va manzillar tasdiqlandi

Respublika bo‘ylab o‘tkaziladigan Al-Xorazmiy olimpiadasining hududiy bosqichi joriy yilning 25-26-fevral kunlari tashkil etiladi. Bu haqda Fan olimpiadalar markazi ma’lum qildi.

 

Al-Xorazmiy olimpiadasining uchinchi-hududiy bosqichi 7-8-sinflar o‘rtasida aniq va tabiiy fanlardan bo‘lib o‘tadi.

 

Kimlar qatnashadi?

 

2025/2026 o‘quv yilida o‘tkazilgan olimpiadaning ikkinchi-tuman (shahar) bosqichida tegishli fan va yo‘nalishlar bo‘yicha sinflar kesimida 1-,2- va 3-o‘rinlarni egallagan o‘quvchilar, Agentlik tizimidagi Prezident, ijod maktablari, tayanch, ixtisoslashtirilgan maktablar va ularning hududlardagi filiallari tomonidan tavsiya etilgan har bir sinf, fan va yo‘nalishlar bo‘yicha 3 nafargacha o‘quvchi ishtirok etishlari mumkin.

 

Olimpiada jarayoni qanday o‘tadi?

 

Olimpiada bir turda tashkil etiladi:

 

Aniq fanlar:

  • matematika fanidan – 45 ta test savollari beriladi;
  • informatika va axborot texnologiyalari – 5 ta masala berilib, onlayn portal orqali bajariladi.

 

Tabiiy fanlardan esa kimyo, biologiya va fizika fanlaridan 15 tadan jami 45 ta savollar taqdim etiladi. Ushbu yo‘nalish ishtirokchilariga Mendeleyev davriy jadvali ham beriladi.

 

Olimpiada topshiriqlarni bajarish uchun ishtirokchilarga 180 daqiqa vaqt ajratiladi.

 

Aniq fanlar yo‘nalishida matematika hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan Respublika bosqichiga yo‘llanma olgan hududlar kesimida 3 nafardan jami 12 nafar g‘olib ishtirokchi Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro matematika va informatika olimpiadasida qatnashuvchi nomzodlarni saralash jarayoniga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

 

Tabiiy fanlar yo‘nalishida hududlar kesimida 3 nafardan jami 6 nafar nomzod Respublika bosqichiga yo‘llanmaga ega bo‘ladi.

 

Ishtirokchilar olimpiada hududiga o‘zlari bilan shaxsini tasdiqlovchi hujjat va maktab tomonidan beriladigan rasmli ma’lumotnoma bilan kiradilar.

 

Quyida olimpiada tashkil etiladigan hududlardagi manzillar bilan tanishish mumkin:

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi – Nukus shahar, 52-sonli maktab

 

 

Andijon viloyati – Andijon shahar, 37-sonli maktab

 

Средняя общеобразовательная школа № 37Общеобразовательная школа в Андижане

 

Buxoro viloyati – Buxoro shahar, 29-sonli maktab

 

 

Farg‘ona viloyati – Farg‘ona tuman 24-sonli maktab

 

 

Jizzax viloyati – Jizzax shahar 22-sonli maktab

 

 

Xorazm viloyati – Urganch shahridagi 1-son IMI

 

 

Namangan viloyati – Turon xalqaro universiteti

 

 

Navoiy viloyati – Navoiy shahar 3-sonli maktab

 

 

Qashqadaryo viloyati – Qarshi shahar 47-sonli maktab

 

 

Samarqand viloyati – Samarqand shahar 82-sonli maktab

 

 

Sirdaryo viloyati – Guliston shahar, 8-sonli maktab

 

 

Surxondaryo viloyati – Termiz shahar, 9-sonli maktab

 

 

Toshkent viloyati – Yuqori Chirchiq tumani, 20-sonli maktab

 

 

Toshkent shahri – Uchtepa tumani, 295-sonli maktab

 

 

Ma’lumot uchun, informatika fanidan Al-Xorazmiy olimpiadasining hududiy bosqichi hamda Xalqaro ingliz tili olimpiadasiga saralashning ikkinchi bosqichi Xorazm va Surxondaryo viloyatlarida quyidagi manzillarda o‘tkaziladi:

 

Informatika fanidan Al-Xorazmiy olimpiadasining hududiy bosqichi – 26-fevral, Urganch shahar 3-sonli maktab.

 

Xalqaro ingliz tili olimpiadasiga saralashning ikkinchi bosqichi – 23-24-25-fevral kunlari:

 

  • Termiz shahri – 26-sonli maktab;
  • Urganch tumani – 36-sonli maktabda tashkil etiladi.

 

Boshqa hududlarda olimpiada yuqorida belgilangan manzillarda bo‘lib o‘tadi.